3-sinf Ona tili dars ishlanma. Sh, ch, ng harf birikmalari

3-sinf Ona tili dars ishlanma. Sh, ch, ng harf birikmalari

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
3-sinf Ona tili dars ishlanma. Sh, ch, ng harf birikmalari - rasmi

Material tavsifi

SANA-- 16-dars Mavzu: sh, ch, ng harf birikmalari. Darsning maqsadi: A) ta'limiy: o'quvchilarni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish; sh, ch, ng harf birikmalarining har biri bir tovushni ifodalashi va yozuvda birgalikda qo'llanilishi haqida bilim berish, so'zlarni bo'g'inga bo'lish qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirish; B) tarbiyaviy: o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash D) rivojlantiruvchi: lug'at boyligini oshirish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsning metodi: suhbat. Darsning jihozi: ch, sh, ng harf birikmalari asosida yozilgan so'zlar jadvali. Darsning borishi: 1. tashkiliy qism. O'quvchilar va sinfning darsga tayyorgarligini va uy vazifasini tekshirish. 45- mashq. Mashq matnidagi so'zlar bo'g'inga bo'lib o'qitiladi. Ular ishtirokida tuzilgan gaplardan ayrimlari aytib turib yozdiriladi. Karimjon musobaqada g'oliblikka da'vogar. 2. Lug'at-diktant o'tkazish. Bunda imlosi o'rganilgan quyidagi so'zlardan foydalaniladi: Navbatchi, mashina, kitob, savol. javob, shabada, shaftoli, vazifa. O'qituvchi har bir so'zni alohida-alohida aytadi, o'quvchilar yozadilar va yozganlarini doskadan tekshiradilar. 3. Darslik bilan ishlash. 46- mashq. So'zlarni bo'g'inga bo'linish holatiga e'tibor berish va mashq-dagi so'zlarni yozishda sh, ch, ng harf birikmalarini keyingi yo'lga qanday ko'chirilishini bilib olish va esda saqlash uqtiriladi. sh va ch harflarining yozilishiga e'tibor berish, so'zlarni bo'g'inga bo'lib ko'chirish natijasida sh, ch harflarining yozilishini esda saqlashga erishish nazarda tutiladi. Choy-shab, chor-shan-ba, ish-chan, sha-har-cha, sham-chi-roq, shol-cha, shax-mat-chi, chash-ma, chil-dir-ma-kash, qo'sh-ni-chi-lik, qo'-shim-cha, qo'sh-chi-nor. 6. Lug'at boyligini oshirish mashg'uloti. O'quvchilar doira shaklida turadilar va qog'ozdan yasalgan qor bilan qorbo'ron o'ynaydilar. Qog'oz qorni otish bilan ilib olgan o'quvchi sh, ch yoki ng harf birikmasi qatnashgan so'z aytib, o'rtog'iga otadi. O'yin shu tariqa davom etadi. Shar - choynak, shim - shingil, tong - bong va h. k. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 160.43 KB
Ko'rishlar soni 410 marta
Ko'chirishlar soni 87 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:29 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 160.43 KB
Ko'rishlar soni 410 marta
Ko'chirishlar soni 87 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga