3-sinf ONA TILI Mavzu: Asos va asosdosh so'zlar Maqsad: O'quvchilarga asos va asosdosh so'zlar , ularning yozilishi haqida yangi bilim berish. Ta'limiy: Asos so'zlarni va asosdosh so'zlarni bir-biridan farqlay olishga o'rgatish Tarbiyaviy: O'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash . Ulardagi Vatan haqidagi tushunchalarini boyitib, uni ko'z qorachig'iday asrab-avaylash lozimligini tushuntirish. Rivojlantiruvchi: Mazmunli va o'zaro bog'langan gaplar tuzishga o'rgatish. TK2: Televizor, radio,telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. TK.3 Kun tartibiga rioya qilish, uni to'g'ri tashkil etish, badantarbiya bilan shug'ullantirish. Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni mustahkamlash. Dars metodi: Guruhlarda ishlash, ta'limiy o'yinlar, suhbat tushuntirish Darsning jihozi: Darslik,daftar,sticher, kompyuter,qo'lda tayyorlangan kubik va barglar Darsning borishi: tashkiliy qism . Salomlashish, ob-havo haqida suhbatlashish, ma'naviyat daqiqasini o'tkazish. O'quvchilarning darsga tayyorgarliklarini nazorat qilish. O'qituvchi: Ma'rifat gulshanin gul-u, lolasi, Jannatmakon yurtning o'tli lolasi. Shukronalar aytib, boshlayin darsni , Salom, bog'larimning totli mevasi Assalomu - alaykum! O'quvchilar: Vaalaykum - assalom O'qituvchi: Bolalar sog'misiz-omonmisiz, Bugungi darsga tayyormisiz? O'quvchilar : Bizlar sog'miz - omonmiz, Yangi darsga tayyormiz. O'qituvchi: Har narsadan xabarchi, Sinfda kim navbatchi? Navbatchi o'quvchi : Sinfda men navbatchi, Ustozimga yordamchi. Pok tutaman xonani, Hamda yozuv taxtani, Ustozimiz shod bo'ling, Bugun hamma shu yerda. Darsingizni miriqib, Eshitish umidida. O'qituvchi : Aziz bolajonlar, darsimizni boshlashdan oldin kayfiyatni ko'taruvchi mashq bajarib, Tabassum lotereasi o'yinini o'ynaymiz. Har xil rangdagi va shkldagi stecherga yaxshi tilaklar yozilgan bo'lib qog'ozlarni buklab qo'yiladi. Masalan: 1. Siz sinfdagi eng a'lichi o'quvchisiz 2. Sizni do'stlaringiz juda yaxshi ko'radi. 3. Siz kelajakda taniqli olim bo'lasiz. 4. Siz katta bo'lganingizda, albatta Prezident bo'lasiz kabi. O'qituvchi idishdagi qog'ozlarni tarqatadi, o'quvchilar ...

Joylangan
20 Sep 2023 | 12:50:02
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.2 MB
Ko'rishlar soni
1393 marta
Ko'chirishlar soni
915 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
20 Sep 2023 [ 12:50 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.2 MB
Ko'rishlar soni
1393 marta
Ko'chirishlar soni
915 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:29 ]
Arxiv ichida: docx