3-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Nutq, gap, so'z

3-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Nutq, gap, so'z

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
3-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Nutq, gap, so'z - rasmi

Material tavsifi

1-dars Mavzu: Nutq, gap, so'z. 1-4-mashqlar. Darsning maqsadi: a)o'quvchilarning gap, so'z, nutq haqidagi tushunchalarini aniqlash; b)rasmlar asosida so'z, so'zlar ishtirokida gaplar va gaplardan hikoya (matn) tuzish qobiliyatlarini o'stirish; d) chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish. Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash. Darsning metodi: suhbat. Darsning jihozi: turli xil rasmlar (Maktab, Birinchi qo'ng'iroq) Darsning borishi: 1. tashkiliy qism. Uzoq muddatli ta'til davrida o'quvchilar bir-biridan biroz uzoqlashib qoladilar. Shu sababli o'quvchilarning faolligini oshirib, ular orasida do'stlikni mustahkamlab olish maqsadida Muzyorar mashg'uloti o'tkaziladi. Mashg'ulot quyidagi tartibda olib boriladi. Donli ekinlardan biri- (loviya, no'xat yoki guruch) solib tikilgan kichik xaltacha o'qituvchi tomonidan biror o'quvchiga, ismini aytgan holda (Farhod deb) otiladi. Xaltachani ilib olgan Farhod boshqa o'rtog'ining ismini aytib xaltachani unga uloqtiradi. Mashg'ulot shu tartibda davom etadi. Endi o'quvchilar navbatdagi xaltachani irg'itganda o'rtoqlarining ismlarini va ismlarining bosh harfidan boshlanadigan insoniy xislatlarni qo'shib aytib, xaltachani uloqtiradilar. Masalan: Gulnoza - go'zal, Fazilat -farosatli, Jasur - jasoratli. 2. Darslik bilan ishlash. 1- mashq. Rasm asosida suhbat. O'quvchilar darslikdagi rasmni diqqat bilan kuzatadilar, rasmdagi narsa va shaxslarni navbat bilan aytadilar. O'qituvchi yoki o'quvchilar galma-gal har bir aytilgan so'zni doskaga yozib boradilar. Masalan: daraxt, barg, bino, o'quvchilar, gul, papka, qo'n-g'iroq, qiz, Ana shu so'zlar ishtirokida gaplar tuziladi. Masalan: Xolida - a'lochi qiz. Birinchi qo'ng'iroqni chalish huquqi unga berildi. Oltin kuz keldi, daraxt barglari sarg'aydi. Tuzilgan gaplar tartibga keltirilib, matn tuziladi. Matnga sar-lavha topib qo'yiladi. Masalan: Bilimlar kuni yoki Maktabim - qadrdonim kabi sarlavha ostida matn yoziladi. Oltin kuz fasli keldi. Daraxtlarning barglari sarg'ayib, to'kila boshladi. O'quvchilar bir qo'llarida gul, bir qo'llarida sumka bilan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 413.73 KB
Ko'rishlar soni 409 marta
Ko'chirishlar soni 179 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:29 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 413.73 KB
Ko'rishlar soni 409 marta
Ko'chirishlar soni 179 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga