28-dars. Mavzu: Darak gap. 77-79-mashqlar. Darsning maqsadi: A)o'quvchilarning darak gaplar haqidagi bilimlarini kengaytirishB)lug'at boyligini oshirish; muomala madaniyatini tarbiyalash. ; D)matn tuzish ko'nikmalarini rivojlantirish; Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsning metodi: izlanish. Darsning jihozi: uydan maktabgacha bo'lgan yo'l tasviri, 4 faslga oid rasmlar. Darsning borishi: 1. tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga hozirligini kuzatish. 2. Uy vazifasini tekshirish. 76- mashq. Matnda nechta gap borligi va ular qanday gap ekanligi aniqlanadi. 3. Muzyorar mashg'uloti o'tkaziladi. Bu mashg'ulotda o'quvchilar iliq so'zlar aytib, bir-birlariga gul beradilar. Ra'no Muhayyoga gul berayotib: Ozoda qiyinibsan desa, Muhayyo Botirga: Kecha futbolda g'olib bo'libsizlar, tabriklayman, deb yaxshi so'zlar aytishadi. Bu bilan o'quvchilarning faolligi oshadi, bir-birlari bilan tezda muloqotga kirishib ketadilar. 4. Darslik bilan ishlash. 77- mashq. O'quvchilarning uydan maktabga kelguncha kimlami ko'rganlari, kimlar bilan suhbatlashganlari, qanday voqea-hodisalarning guvohi bo'lganlari haqida savollar bilan suhbat uyushtiriladi. - Yo'lda kimlarni uchratdingiz? - Nima haqida suhbatlashdingiz? - Yo'lda sizni nima qiziqtirdi? - Qanday voqeaning guvohi bo'ldingiz? Savollarga berilgan javoblardagi gaplardan 3 - 4 tasi yoziladi, Gaplarning mazmuni aniqlanadi. Masalan: I, Bolalar maydonchada o'ynamoqdalar. 2, Avtobus bekatga kelib to'xtadi. 3. Qo'y-qo'zilar o'tladi. Gaplar o'qilib, nima haqida aytilgani so'raladi: - Birinchi gapni o'qing. (Bolalar maydonchada o'ynamoqdalar.) - Gap oxirida ovoz nima qildi? (Pasaydi.) - Gap kirn haqida aytilgan? (Bolalar haqida.) - Gap qanday ma'no bildiryapti? (Xabar ma'nosini.) - Gap oxiriga nima qo'yiladi? (Nuqta.) Keyingi gaplar ham xuddi shunday tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Biror narsa haqida darak (xabar) bildirgan gap darak gap deyiladi. Darak gapning oxirida ovoz pasayadi. Darak gapning oxiriga nuqta qo'yiladi. Bu qoida darslikdan topib ...

Joylangan
20 Sep 2023 | 12:50:02
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.46 KB
Ko'rishlar soni
1079 marta
Ko'chirishlar soni
349 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
20 Sep 2023 [ 12:50 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.46 KB
Ko'rishlar soni
1079 marta
Ko'chirishlar soni
349 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:29 ]
Arxiv ichida: docx