Ona tili : 4-sinf Mavzu: Otlarning kelishik qo'shimchalari bilan qo'llanilishi. Darsning maqsadi: Ta'limiy: O'quvchilarga otlarning gapda boshqa so'zlar bilan kelishik qo'shimchalari yordamida bog'lanishi, kelishik qo'shimchalari, uning nomlari, so'roqlari va vazifalari yuzasidan bilim berish,so'zlarning yozilishi va ma'nosini bilib olish orqali o'quvchilarning lug'atini boyitish. FK1: o'qilgan matn mazmunini va o'zgalar fikrini anglab ifodalay olish. Tarbiyaviy: O'quvchilarda mehnatga havas uyg'otish, kitobning inson uchun foydali tomonlarini yoritib berish, bir-birlariga do'stona munosabatda bo'lishni singdirish. TK2: o'quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga o'rgatish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning kelishik qo'shimchalari, uning nomlari, so'roqlari va vazifasi yuzasidan olgan bilimlarini rivojlantirish. FK2: Mavzuga oid so'zlarni og'zaki va yozma nutqda qo'llay olish. Darsning turi:Yangi bilim berish. Darsning metod : Suhbat metod, Xatosini top ta'limiy o'yini, Tahlil qolipi ta'limiy o'yini. Darsning jihozi: Multimedia ilovalari,ko'rgazmalar, tarqatma materiallar. Darsning borishi: tashkiliy qism. Salomlashish, o'quvchilar salomatligini so'rash, navbatchi axboroti orqali davomatni aniqlash. O'quvchilar bilan ushbu oyda bo'lib o'tgan bayram sanalari haqida savol-javob o'tkaziladi. -8-dekabr qanday kun? -Davlatimiz madhiyasi qachon qabul qilingan? O'quvchilardan Vatan haqida she'rlar tinglanadi. 2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. Dars boshida o'quvchilarni ikki guruhga : Epchillar va Zukkolar guruhiga bo'lib olamiz. O'quvchilarning har bir javobi bir balldan hisoblanadi. Dars so'ngida g'olib guruh baholanadi. husnixat daqiqasi. Odamning husni mehnatda. Mehnat bilan topganing, Qand-u asal totganing. Hunar bo'lsa qo'lingda, Pul topilar yo'lingda. O'tilgan mavzuni takrorkashda savol-javob o'tkaziladi. Bunda Zilolaning bog'iga sayrga chiqamiz.O'quvchilar bog'dagi olmadan yeyish uchun olmaga ya shiringan savollarga javob beradilar. Otlar nechta kelishikda qo'llanadi? Kelishik qo'shimchalari gapda qanday vazifani bajaradi? Tushum kelishigining qo'shimchasi qaysi? Xatosini top ta'limiy o'yini o'tkazish. Bunda doskaga so'zlarni noto'g'ri yozib ...

Joylangan
20 Sep 2023 | 13:18:03
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
4.7 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:32
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
20 Sep 2023 [ 13:18 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
4.7 MB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: pptx, docx