5-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. O'zbek tili - Davlat tili

5-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. O'zbek tili - Davlat tili

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. O'zbek tili - Davlat tili - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'ZBEK TILI-DAVLAT TILI Darsning maqsadi: ilmiy maqsad - davlat tili va uning mohiyatini ochib berish; tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarni ona tiliga, Vatanga hurmat ruhida tarbiyalash; d)rivojlantiruvchi maqsad-o'quvchilarning og'zaki nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash malakasini shakllantirish. Darsning jihozi: O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni. Darsning rejasi: Davlat tili tushunchasi. Respublikamizda o'zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi. Til - millat ko'zgusi. Har bir darsda uyga berilgan topshiriq so'raladi, nazorat qilinadi, chunki o'quvchining oldingi darsni qay darajada o'zlashtirgani, shuningdek, fanga munosabati va bilimi shu suhbat orqali oydinlashadi. O'qituvchi mashg'ulotni qanday shaklda rejalashtirganiga qarab, uyga vazifa dars boshlanishida yoki dars davomida nazorat qilinishi mumkin. Qo'shimcha material 4-5 ta savol- topshiriqni o'z ichiga olgan testlar bilan ham uyga topshiriqni tekshirish mumkin. Ushbu darsda kirish topshiriqlari ona tili, milliy til va milliy qadr-qimmat tushunchalari suhbat, munozara shaklida muhokama qilinadi. O'qituvchi Ona tili metodikasi, 5-sinf boktlarining bu boradagi mulohazalarini umumlashtirib, xulosalaydi. So'ngra davlat tili haqida tushuncha beradi. iqtidorli,qobiliyatli o'quvchilarni ko'zlab, qaysi til qaysi mamlakatda davlat tili ekanligi haqidagi savol o'rtaga tashlanadi. Qo'shimcha ma'lumot sifatida ba'zi mamlakatlarda ikki va undan ortiq til davlat tili ekanligi ham eslatiladi. Masalan: Qozog'istonda qozoq va rus, Qirg'izistonda qirg'iz va rus, Hindistonda hind va ingliz tillarining davlat tili hisoblanishi aytib o'tiladi. Shu o'rinda o'qituvchi mustaqillikkacha bo'lgan davrda ona tilimizga munosabat, o'zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi, keyingi 10-12 yil ichida tilimizning rivoji bilan bog'liq o'zgarishlar haqida batafsilroq ma'lumot berishi kerak. Konstitutsiya, «Davlat tili haqida»gi Qonun ko'rsatiladi va kerakli o'rinlari o'qib eshittiriladi. mashqda ona tili haqidagi hikmatli so'zlarni ko'chirib, mustaqil ravishda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.83 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 76 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.83 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 76 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga