BO'G'IN VA UNING TURLARI 5-sinf Ona tili darsligi asosida Rasmga qarab gap tuzing Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasiga bo'g'in deyiladi. Suyunchi! Topishmoqlarni toping va javobda nechta bo'g'in borligini aniqlab ayting. Boshi boru sochi yo'q, Ko'zi boru qoshi yo'q. Qanoti bor uchmaydi, Tangasi bor, puli yo'q. Baliq Bir qo'shnim bor avval boshdan, Soqoli uning qizil go'shtdan. Sahar turib shovqin solar, Xabari yo'q hech bir ishdan. Xo'roz Pishirsa osh bo'lur, Pishirmasa go'sht bo'lur. Tuxum Uyga osdik bitta nok, Yop-yorug' bo'ldi har yoq. Lampochka Bo'g'in unli tovushlar asosida hosil bo'ladi. Har bir bo'g'inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha bo'g'in bo'ladi. So'zning asos va qo'shimchalarga ajralishi bilan bo'g'inlarga ajralishi teng emas: go'sht-ni, barg-ga so'zlarida asos va qo'shimchalar bilan bo'g'inlar teng kelayotgan bo'lsa, go'sh-ti, bar-gi so'zlarida teng emas. 443-mashq. Daftaringizga avval bir o'g'inli, so'ngra ikki, uch, to'rt bo'g'inli so'zlarni ko'chirib yozing. Sholi, qand, jonbahsh, sinf, jimirlamoq, laylak, amalparast, dard, lazzat, bog', suvsizlik, a'lochi, qoloqlik, jimjimador, hashamatli. Bir bo'g'inli so'zlar Qand, sinf,dard, bog'. Ikki bo'g'inli so'zlar Sholi, jonbahsh, laylak, lazzat. Uch bo'g'inli so'zlar Suvsizlik, a'lochi, qoloqlik. To'rt bo'g'inli so'zlar Jimirlamoq, amalparast, jimjimador, hashamatli. Bo'g'inlar ikki turli bo'ladi: ochiq bo'g'in va yopiq bo'g'in.Unli bilan tugagan bo'g'in ochiq, undosh bilan tugagan bo'g'in esa yopiq bo'g'in hisoblanadi. Masalan: o-na, bo-la so'zlaridagi har ikki bo'g'in ochiq, tosh-lar so'zidagi har ikki bo'g'in yopiq bo'g'indir. 445-mashq. Avval faqat ochiq bo'g'inli, keyin faqat yopiq bo'g'inli so'zlarni ajrating, farqini tushuntiring. Latifa, g'alaba, san'at, sardor, qizg'in, kema, hujjat, uka, avj, a'lo. Ochiq bo'g'inli so'zlar Latifa, g'alaba, ...

Joylangan
21 Sep 2023 | 10:11:20
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
860.81 KB
Ko'rishlar soni
340 marta
Ko'chirishlar soni
86 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
21 Sep 2023 [ 10:11 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
860.81 KB
Ko'rishlar soni
340 marta
Ko'chirishlar soni
86 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx