59-dars O'quv yili oxirida takrorlash O'rmon shifokorlari haqida eshitganmisiz? O'rmonning ham shifokori bo'lar ekanmi, deb hayron bo'layotgan bo'lsangiz, bu matn aynan siz uchun. O'rmondagi daraxtlarning tanasiga turli zararkunanda hasharotlar joylashib oladi. Ko'pincha bunday zararkunandalar daraxt po'stlog'i ostida bo'lgani uchun biz ularni ko'ra olmaymiz. Zararkunandalar asta-sekinlik bilan daraxt tanasini yeb, unga ziyon yetkazadi. Bunday vaqtda daraxtlarga qizilishton yordamga keladi. U mustahkam tumshug'i yordamida hasharotlarni birma-bir tutib yeydi. Shu bois ham bu qushni o'rmon shifokori deb atashadi. Qizilishtonni deyarli barchangiz ko'rgan bo'lsangiz kerak. Bu qushlar quyruq qismi qizil rangda bo'lgani sabab qizilishton nomini olgan. Daraxtlar quyuq o'sadigan joyda taq…taq… taq… degan tovushni eshitib qolsangiz, bilingki, bu yerda qizilishton bor. Butun dunyoda ularning 220 dan ortiq turi mavjud. O'zbekistonda esa oqqanot qizilishtonning 2 turi yashaydi. 1 O'rmondagi daraxtlarning tanasiga qanday hasharotlar joylashib oladi? 2 Zararkunandalar asta-sekinlik bilan daraxt tanasini yeb, unga ziyon yetkazadi. Bunday vaqtda daraxtlarga qaysi qush yordamga keladi? 3 Qizilishton mustahkam tumshug'i yordamida hasharotlarni birma-bir tutib yeydi. Shu bois ham bu qushni qanday nom nilan atashadi? O'rmon shifokori 4 Bu qushlar nima uchun qizilishton nomini olgan? Quyruq qismi qizil rangda bo'lgani ucyun. 5 Butun dunyoda uning qancha turi bor? O'zbekistonda-chi? Qizilishtonning 220 dan ortiq, O'zbekistonda esa 2 turi mavjud. Bugungi dars haqida oila a'zolaringiz bilan suhbatlashing ...

Joylangan
21 Sep 2023 | 18:42:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.44 MB
Ko'rishlar soni
303 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
21 Sep 2023 [ 18:42 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.44 MB
Ko'rishlar soni
303 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: pptx