Intilganga tole yor! Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadim zamonda Fe'l ismli boy bo'lgan ekan. Uning to'rt nafar o'g'li bor ekan. Katta o'glining ismi Sof fe'l, ikkinchi o'g'lining ismi Harakat nomi, uchinchisiniki Sifatdosh va kenjasining ismi Ravishdosh ekan. Bir kuni Fe'l-Boy o'z o'gillarini dunyo kezishga jo'natib yuboribdi.Barcha o'gillarining qilgan ishlarini Sof fe'l boshqarib,nazorat qilar, u inilariga doim hamroh bo'lar ekan. Nihoyat, o'g'illar safardan qaytib kelishibdi, ular ko'rgan-kechirganlarini birma-bir so'zlab beribdilar. Birinchi bo'lib Harakat nomi so'zlabdi: -Men Ot degan joyga bordim. U yerdagi odamlar Kim?, Nima? degan so'roqlarga javob berar ekan.Bu odamlar -v, -uv, -ish, -sh, -moq degan liboslarda yurar ekan. Men o'sha joydan sizga o'qish, o'quv, bilmoq, olg'a bormoq, o'qimoq, kabi sovg'alarni olib keldim. Navbat Sifatdoshga kelibdi: -Men yo'l yurib, yo'l yursam ham mo'l yurib Sifat degan go'zal bir vodiyga borib qoldim.Bu vodiyda ochilgan gullarni, sharqiragan tez oqar suvlarni, sevib yeydigan mevalarni, yoqimli sayrayotgan bulbullarni ko'rib lol qoldim. Oxirida Ravishdosh ko'rganlari so'zlay boshladi: -Men yo'lda bir nuroniy boboga duch keldim. Bu boboning ismi Ravish bobo ekan. Ravish bobo men bilan kulib-kulib suhbatlashdi. Bu suhbatlarimiz tong otguncha davom etardi. Vaqt bo'lgach, yo'lga tushdim, bu ko'rganlarimni sizga aytgani shoshdim. Fe'l-Boyning Harakat nomi, Sifatdosh, Ravishdosh o'g'illariga hamma havas bilan qarar edi.Bu o'g'illarining ahilligida Sof fe'lning xizmati katta ekan. Ularni bir dam bo'lsa-da bo'sh qo'ymas, doim biror foydali yumush bilan band bo'lishlarini,doim aniq maqsad sari faqat olg'a intilishlarini buyurar ekan. Boyning ismi nima ekan? Uning nechta o'g'li bor ekan? O'gillarining ismini ayting-chi? Harakat nomi nimalar olib keldi? Sifatdosh qanday joylarda bo'libdi va nimalarni ...

Joylangan
21 Sep 2023 | 18:42:34
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.63 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:22
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
21 Sep 2023 [ 18:42 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.63 MB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:22 ]
Arxiv ichida: pptx