1-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Shaxs va narsa nomini bildirgan so'zlar

1-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Shaxs va narsa nomini bildirgan so'zlar

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
1-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Shaxs va narsa nomini bildirgan so'zlar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: «Shaxs va narsa nomini bildirgan so'zlarga doir mashqlar bajarish». Darsning maqsadlari: ta'limiy: o'quvchilarning shaxs va narsalar nomini bildirgan so'zlar haqidagi bilimlarini oshirish, og'zaki va yozma nutqini o'stirish; tarbiyaviy: do'stona munosabatni rivojlantirish, hamjihatlikda ishlashga o'rgatish, o'zaro hurmatni kuchaytirish; rivojlantiruvchi: yozma va og'zaki nutqni o'stirish orqali o'quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini, husnixat malakasini rivojlantirish. Dars turi: rivojlantiruvchi. Dars usuli: savol-javob, tushuntirish, «To'g'ri top», «Yomg'ir yog'di» mashqlari. Dars jihozi: ko'rgazmalar, kompyuter, slaydlar, A-3 formatidagi qog'ozlar, qish fasli rasmi, qatorlar uchun yozilgan rag'bat so'zlari, rangli qog'ozdan yasalgan fartuklar, qutichalar, rasmli kartochkalar (har bir o'quvchi uchun). Darsning borishi tashkiliy qism. Navbatchi hisoboti; o'quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish; qish fasli haqida ingliz tilida qisqa suhbat. - Winter is white. - The weather is cold. - The days are short. The nights are long. O'qituvchi: - Darsimiz shiori? O'quvchilar: - Bilim ol, hunar tanla! O'qituvchi: - Bilim olib, hunarli bo'lishimiz uchun eng kerakli boyligimiz bu - O'quvchilar: - Sog'lig'imiz. O'qituvchi: - Bugun asosiy e'tibor yorug' kelajagimiz bo'lgan siz - bolajonlarga qaratilmoqda. Bu - mustaqilligimiz sharofati. Sog'lom farzandlar buyuk kelajagimiz taraqqiyotining asosiy negizidir. (O'quvchilar Vatan, sog'lik, tinchlik haqidagi she'rlarni yoddan aytadilar). Vatanginam, baxtim sen, Ko'z ochganim, taxtim sen. Jonim fido, ahdim sen, Nur jahonim, Vatanim! Uyga vazifani so'rash va o'tilgan mavzuni mustahkamlash. (Uy vazifalari tekshiriladi. O'qituvchi bolalar tomonidan noto'g'ri yozilgan harf va so'zlarni doskada qaytadan yozdiradi). O'tilgan mavzu. «Shaxs va narsa nomini bildirgan so'zlar». Doskaga har bir guruh uchun alohida cho'ntakli fartuk osib qo'yiladi. O'quvchilar oldidagi qutilarda rasmli kartochkalar joylashgan bo'ladi. Har bir o'quvchi qutidan «Kimlar?» yoki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.4 KB
Ko'rishlar soni 375 marta
Ko'chirishlar soni 144 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:22 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.4 KB
Ko'rishlar soni 375 marta
Ko'chirishlar soni 144 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga