O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI TOSHKENT SHAHAR XALQ TA'LIMI BOSH BOSHQARMASI CHILONZOR TUMANI XALQ TA'LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA'MINLASH VA tashkil ETISH BO'LIMIGA QARASHLI 281-MAKTABNING BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI FOTIMA KARIMOVANING Ona tili FANIDAN 2-SINF UCHUN Mustahkamlash mashqlari MAVZUSIDA DARS ISHLANMASI Sinf: 2 Fan: Ona tili Mavzu: Mustahkamlash mashqlari (145-148-mashqlar ) Darsning maqsadi: Ta'limiy:Kim?, Nima? so'roqlariga javob bo'lgan (bitta shaxs va bitta narsani bildirgan) birlikdagi hamda kimlar?, nimalar? so'roqlariga javob bo'lgan (ikki va bir necha narsa va shaxsni bildirgan) ko'plikdagi so'zlarni matndan aniqlash va shu mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash; Tarbiyaviy: O'quvchilarda vatan tuyg'usini shakllantirish, uni sevish va qadrlash ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: shaxs va narsa nomini bildirgan so'zlarni imloviy to'g'ri yozish ko'nikmasini hosil qilish . Darsning borishi. I .tashkiliy qism. II. Uy vazifasini tekshirish. O'qituvchi uy vazifasining bajarilishini tekshiradi. Uy vazifa 140-mashq Kim zukko? ta'limiy o'yini asosida tekshiradi. O'qituvchi matnni o'qiydi, o'quvchilar o'qilgan matndan kimlar? so'rog'iga javob bo'lgan so'zga bitta, nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zga ikkita chapak chaladilar. Kimlar? Kishilar, o'quvchilar Nima? qalam, ruchka, o'chirg'ich, qalamdon. O'quvchilar o'qituvchi tomonidan rag'batlantiriladi. II. Yangi mavzuni tushuntirish. O'qituvchi Boshqotirmani kim to'g'ri topadi? savoli orqali yangi mavzuni tushuntiradi. O'quvchilarga xo'roz bilan qandning rasmini ko'rsatib, quyidagi savollarni beradi: - Rasmda nimalarni ko'rayapsiz? (Xo'roz bilan qandni ko'rayapmiz.) Xo'roz so'ziga savol bering. Xo'roz- nima? Xo'roz parrandaning nomi, qand narsaning nomi bo'lib, nima? so'rog'iga javob bo'ladi. Ikkita so'zning qo'shilishidan yangi so'z hosil bo'ldi. Xo'rozqand - narsaning nomi, nima? so'rog'iga javob bo'ladi. O'qituvchi 145-mashqdagi boshqotirmani bajarishda mashqdagi rasmlardan foydalanadi. O'quvchilar narsalarning nomini aytadi va yangi so'z hosil qiladi. Gul +don=guldon ...

Joylangan
21 Sep 2023 | 21:11:20
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
5.81 MB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:25
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
21 Sep 2023 [ 21:11 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
5.81 MB
Ko'rishlar soni
190 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:25 ]
Arxiv ichida: pptx, docx