2-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. A va O unlilari

2-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. A va O unlilari

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
2-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. A va O unlilari - rasmi

Material tavsifi

A va O unlilari 2-sinf Darsning maqsadlari: ta'limiy: o'quvchilarni unli tovushlarni farqlashga «a» va «o» unli tovushlarining so'zlardagi o'rnini bilishga o'rgatish; tarbiyaviy: yo'l harakati qoidalariga rioya qilish lozimligini uqtirish, o'quvchilar orasida do'stona muhitni shakllantirish; rivojlantiruvchi: o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish, tez fikrlash qobiliyatini o'stirish. Dars turi: noan'anaviy, sayohat darsi. Dars metodi: savol-javob, faollashtiruvchi metodlar. Darsning jihozi: darslik; avtobus maketi, slaydlar, chipta misolidagi kartochkalar, yo'l belgilari maketi, ko'rgazmali qurollar va magnit doskasi. Fanlararo bog'liqligi: o'qish, atrofimizdagi olam, yo'l harakati. Darsning borishi tashkiliy qism. A) salomlashish. B) davomatni aniqlash. D) qisqacha savol-javob daqiqasini o'tkazish. (Qaysi dars ekanligi aniqlanib, ona tilimizga bag'ishlangan va «Sog'lom bola yili» haqida she'rlar aytiladi). O'tilgan mavzuni so'rash va mustahkamlash. (O'quvchilarning javoblari orqali avvalgi darsda «Unli tovushlar va harflar» mavzusi o'tilgani aniqlanadi. Uy vazifalari bajarilganligi tekshirilib, daftarlar almashtiriladi). O'qituvchi: - Bolajonlar, bugungi darsimizda ikki guruhga bo'linib, siz bilan xayolan Qashqadaryo viloyatining markaziy shahri bo'lmish go'zal Qarshiga sayohat uyushtiramiz. O'zbekistonda ishlab chiqarilgan «UzOtoyol» avtobusi uzog'imizni yaqin qilishda yordamlashadi. (Slaydlarda «UzOtoyol» avtobusi namoyish etiladi). Bilasizlarmi, bolajonlar, Qarshi shahri kundan-kunga ko'p qavatli uylari, keng ko'chalari va qulay maishiy xizmat shoxobchalari bilan chiroy ochib bormoqda. Har kuni bir yangilikni ko'rib, ko'zingiz quvnaydi. Siz ham bu go'zallikdan bahra olishni istasangiz, biz bilan sayohatga otlaning. Faqat topshiriqlarimiz bor. Ular bilan sayohat darsimiz davomida tanishib boramiz va ikki guruhga bo'lingan holda ularni bajarishga harakat qilamiz. (Slayd orqali shartlar e'lon qilinadi yoki qog'ozga yozib doskaga ilib qo'yiladi). 1- shart. Guruhlarni tanishtirish. 2- shart. Klaster tuzish va savollarga javob berish. 3- shart. Husnixat daqiqasi. 4- shart. «Yodda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.72 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:25 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.72 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga