Mavzu: Undov gap Darsning maqsadi: a) o'quvchilarga his-hayajon gaplar haqida ma'lumot berish; b) his-hayajon gaplarni o'qish ohangini o'rgatish; d) tabiatdan zavqlanish, bahra olish kabi his-tuyg'ularni tarbiyalash; e) o'quvchilar yozivuning chiroyli bo'lishiga erishish; Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsning metodi: suhbat. Darsning jihozi: turli ko'rinishdagi rasmlar. Darsning borishi: 2. Mustaqil ish. Mustaqil ish uchun topshiriq. Berilgan so'roq gaplardandarak gaplar tuzish va yozish. Gap oxiriga kerakli tinish belgisi qo'yish. 1. Tanlovda kim birinchi o'rinni egalladi? 2. Ziyodaning dadasi nima sovg'a qildi? 3. Qayerda baland-baland yangi binolar qad ko'tardi? O'quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar ichidan eng mazmunlisi doskaga yoziladi yoki o'quvchining o'zi yozadi. Mazmuniga qarab, gap oxiriga kerakli tinish belgisi qo'yiladi. 3.Yangi mavzuning bayoni. Yangi mavzu e'lon qilinib, o'quvchilar diqqati doska oldiga terib qo'yilgan turli xil rasmlarga qarailadi. Rasmlarda sho'x-shodon o'g'il-qizlarning har xil quvoq holatdagi rasmlari tasvirlangan. O'quvchilar rasmdagi holatni his qilib, shu asnoda his-hayajon anglatgan gaplar tuzadilar. Masalan: Arg'imchoq uchish qanday maza! Voy-bo', gullarning chiroyliligini! Voy, suv biram muzdek! Oh, tog' havosi biram toza! Oh, muncha shirin tarvuz ekan! Kabilar. Gaplarning har biri ustidan suhbat o'tkaziladi. -Kamola, sen qanday gap tuzding? -Arg'imchoq uchish qanday maza! -Gapdan qanday ma'no anglashilyapti?( His-hayajon ma'nosi anglashilyapti. Bunday gaplarning oxiriga undov (!) belgisi qo'yiladi.) Boshqa o'quvchilar tomonidan tuzilgan gaplardan yana bir-ikkitasi yuzaidan shunday suhbat o'tkaziladi. O'qituvchi javoblarni umumlashtiradi va qoida chiqariladi: Kuchli his0hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap undov gap deiladi. Undov gapning oxiriga undov (!) belgisi qo'yiladi. Qoida kitobdan bolalarga o'qitiladi. 4.Husnixat mashqlari. Rasmlar asosida tuzilgan gaplardan chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilgn holda 3 tasi doskaga yoziladi. ...

Joylangan
21 Sep 2023 | 21:32:12
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.64 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
21 Sep 2023 [ 21:32 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.64 KB
Ko'rishlar soni
223 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:25 ]
Arxiv ichida: docx