Yangiyer shahridagi 1-umumta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Ergasheva Ra'no Yuldashevnaning O'QISH fanidan 1-soatlik dars ishlanmasi Mavzu: Tinchlik nima? (Umida Abduazimova) Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarni Umida Abduazimovaning Tinchlik nima? she'ri bilan tanishtirish. Tinchlik haqidagi qarashlari, fikrlarini aniqlash; Tarbiyaviy: tinchligimizning qadriga yetish, uni doim saqlashga chorlash, ota-bobolarimizga munosib farzand bo'lish ruhida tarbiyalash; Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning she'r yod olish ko'nikmalarini rivojlantirish, og'zaki nutqlarini o'stirish, dunyoqarashlarini boyitish; Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars metodi: interfaol Dars jihozi: darslik, magnitofon, tinchlik haqida o'quvchilar chizgan rasmlar, Umida Abduazimova rasmi, oq kabutar, turnalar, humo qushi rasmlari, posilka DTS talabi: Tinchlik nima? she'ri orqali o'quvchilar ongida tinclik bebaho ne'mat ekanligini anglatish, mustaqil fikrlarini kengaytirish I BOSQICH Salomlashish Sinfda kim navbatchi? Hozir qanday fasl? Bahorda qanday bayramlarni nishonlaymiz? Dunyoda qanday yangiliklar? MUAMMOLI VAZIYAT Tilak Har kimning ham sochlariga oq tushsin, Ajin tushsin yuzlariga, dog' tushsin. Har kimning ham quvvat ketib belidan, Qo'llariga aso - bir tayoq tushsin. Imoni sof, yuzga kirib yorug' yuz, To'ylar ko'rib yelkasidan tog' tushsin. Jismiga so'nggi safar oldidan O'z bolasin qo'lidan tuproq tushsin MUHAMMAD YUSUF U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug'ilgan. 1998 yili O'zbekiston xalq shoiri unvoni bilan mukofotlangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2013 yil 27 dekabrda O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to'g'risida Qaror qabul qildilar. II BOSQICH Sinfga JO'NATMA kelibdi qani ochib ko'raylikchi. Sizda ham uzoqlarga ko'chib ketgan do'stingiz bormi? U bilan qanday muloqotga kirishasiz? Xudoyberdi To'xtaboyevning DO'STLIK hikoyasida Abduqodir bilan Vova qanday qilib do'stlashib qolishdi? O'quvchilar hikoya asosida sahna ko'rinishi qo'yib berishadi Rebus II BOSQICH ...

Joylangan
24 Sep 2023 | 05:58:25
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
723.05 KB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
24 Sep 2023 [ 05:58 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
723.05 KB
Ko'rishlar soni
209 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:41 ]
Arxiv ichida: pptx