3-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar

3-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
3-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar - rasmi

Material tavsifi

Sinf:3 Fan: Ona tili Mavzu: Talaffuzda tushib qoladigan undoshlar.58-59-60-61-mashqlar Darsning maqsadi : tahlimiy maqsad: talaffuzda tushib qoladigan undoshlarning imlosini o'rganish; tarbiyaviy maqsad:Vatanga mehr-muhabbat hissini tarbiyalash; rivojlantiruvchi maqsad: hisnixat malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish; Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars. Darsning metodi: suhbat, test, Sinkveyn metodi, tahlimiy o'yinlar. Darsning jihozi: multimedia ilovasi,shahar va qishloqlar tasvirlangan rasmlar. Darsning borishi: I.tashkiliy qism. II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. Uy vazifa 57-mashq shartiga ko'ra nuqtalar o'rniga tushirib qoldirilgan harflarni qo'yib yozilishi va u qanday tovush ifodalaganini aytiladi, so'zlardan so'ng, ularning yozilishini tekshiruvchi shaklni-jarangli undoshdan so'ng unli qo'shilgan shaklni yozilishi tekshiriladi. Unli harf qo'shilgach, aytilishi va yozilishida farq qiluvchi tovushlar so'zda to'liq ifodalangani aytiladi. Multimedia ilovasidan foydalanib o'tilgan mavzu mustahkamlanadi. O'quvchilarning darsga tayyorgarligi kuzatiladi va husnixat daqiqasi o'tkaziladi. Husnixatdaqiqasi: II. Yangi mavzuni tushuntirish. Darslik bilan ishlash. 58-mashq asosida mavzu tushuntiriladi. O'quvchilarga tarqatmada berilgan so'zlardagi nuqtalar o'rniga d va t undoshlardan mosini qo'yishi hamda qaysi tovush tushirilganiga ko'ra ikki ustunga ajratish topshirig'i beriladi. So'zlarning talaffuzi va yozilishidagi farqni aniqlaydilar. Shu so'zlar ishtirokida gaplar tuzdiriladi. Ushbu mashq multimedia ilovasi orqali quyidagicha bajariladi. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. 59-mashq o'qitiladi qaysi so'zlarning oxiridagi undosh tovush talaffuz qilinmayapti deb savol beriladi, mashq ko'chirtiriladi, oxirgi undoshi aytilmay qoladigan so'zlarning tagiga chiziladi. Farzand bo'lib maqtayman, Xursand bo'lib maqtayman. Shu o hlka suvin ichdim, Dilband bo hlib maqtayman. Onajon O'zbekiston, Mehribon O'zbekiston. Po'lat Mo hmin Talaffuzda Yozuvda - O'qituvchi Sinkveyn metodini qo'llaydi. haqiqat,farzand so'ziga sinkveyn usuli qo'llab ishlatiladi. 1.Nima? -haqiqat 2.Qanday? to'g'ri, rost. 3.Nima qiladi?-so'zlaydi,ulug'likka ko'taradi,hurmatga sazovor qiladi. 4.Gap. Boshingga qilich kelsa ham, rost so'zla. 5.Mahnodosh so'z.Chin. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.71 MB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:29 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.71 MB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga