Fan: Ona tili Sinf: 3-sinf I.Mavzu: His-hayajon gap 95-96- mashqlar II. Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: His-hayajon gap haqida ma'lumot berish; Tarbiyaviy maqsad:o'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish, so'z boyliklarini oshirish; Rivojlantiruvchi maqsad: Yangi so'zlarni hosil qilish, hozirjavoblik, tez fikrlash ko'nikmalarini oshirish. Shakllantiriladigan kompetensiyalar: Tayanch kompetensiyalar: TK1- tayanch kompetensiya, TK3- o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi Fanga oid kompetensiya: FK1- nutqiy kompetensiya II. Dars turi: Mustahkamlash IV. Dars usuli: Suhbat, savol-javob, Tarmoqlash metodi V.Jihozlar: Darslik, ko'rgazmali qurollar, rasmlar, tarqatmalar VI.Darsning borishi: tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi o'quvchilardan davomatni aniqlash, sana, oy va yilni yozish. VII.tashkiliy qism: Dars shiori: Ona tilim, jon tilim, So'zlarga boy jon tilim. O'quvchi: Sen onam tilisan, otam tilisan, Sen bobom tilisan, asrlar oshgan. Oh, ona tilginam, muqaddas tilim. Bunchalar shirinsan, bunchalar so'lim. O'quvchi: -Barakalla, aziz o'quvchilar, o'rtog'ingiz yozuvchi Shuhratning til haqidagi she'ridan to'rtlik keltirdi. Endi til haqidagi hikmatli so'zlar va maqollardan eshitsak. Taom lazzati o'zida Odam lazzati so'zida. Yaxshi so'z yerda qolmas. Shirin so'z qaymoqli ayron, Achchiq so'z bo'yningga arqon. Shirin yuzingdan - -shirin so'zing a'lo. VII. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga vazifa so'rab daftarlar almashtiriladi. O'qituvchi: O'quvchilar biz o'tgan darslarda darak gap, so'roq gap va buyruq gaplar tanishib bilib oldik. Tarmoqlash metodi orqali har bir gap turiga misollar yozamiz. 3 nafar o'quvchi doskada bajaradi.( ular doskada bajarayotgan vaqtda o'qituvchi gaplarning maqsadlariga ko'ra turlari haqida so'raydi, og'zaki savol-javob o'tkaziladi). Gapning maqsadga ko'ra turlarini sanang. Darak gap deb nimaga aytiladi? Darak gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi? Soroq gap deb nimaga aytiladi? SO'roq gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi? Buyruq gap deb nimaga aytiladi? Buyruq ...

Joylangan
01 Oct 2023 | 11:48:28
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
237.32 KB
Ko'rishlar soni
465 marta
Ko'chirishlar soni
112 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2023 [ 11:48 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
237.32 KB
Ko'rishlar soni
465 marta
Ko'chirishlar soni
112 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:29 ]
Arxiv ichida: docx