Fan: Ona tili Darsning texnologik xaritasi Darsning borishi: 1. tashkiliy qism: a) Salomlashiladi. b) Davomat aniqlanadi. c) Qish fasli haqida ma'naviyat daqiqasi o'tkaziladi. - O'lkamizda hozir qaysi fasl? - Qish fasli qaysi oydan goshlanadi? - Qishda qaysi bayramlar nisonlanadi? - Qish haqida kim she'r aytadi? Shundan so'ng darsda rioya qilinishi lozim bo'lgan qoidalar e'lon qilinadi. O'qituvchi: Aziz o'quvchilar darsni boshlashdan oldin darsimizning oltin qoidalarini eslatib o'tsam. Bular 1. Intizom 2.Ahillik 3.Faollik 4. Aniqlik 5. O'ng qo'l qoidasi 6. Boshqalar fikrini hurmat qilish (Slayd orqali ham namoyish etiladi) 2. Uyga vazifani mustahkamlash. O'qituvchi: O'quvchilar uyga qanday vazifa berilgan edi? O'quvchi: Uyga 177-mashq berilgan O'qituvchi: Hamma bajarib keldimi? O'quvchilar: …. Tarmoqlash metodi orqali uyga vazifani mustahkamlaymiz. 3. Yangi mavzu bayoni. Darslikdagi 178 - mashq sharti o'qiladi. Matn chegaralari aniqlanadi. Kimlar so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar aniqlanadi. Matnga sarlavha topiladi O'qituvchi: Kim so'rogiga javob bo'ladigan so'zlarni toping Kim? Otam Kim? Onam Kim? Opam Kim? ukam Matnga sarlavha topishni o'quvchilar hukmiga havola etaman. Eng yaxshi sarlavhani ovozga qo'yib, tasdiqlab olaman. Masalan: Mehnatkash oila 4. Dam olish daqiqasi. Slayd orqali olib boriladi. 179-mashq sharti o'qitiladi. Kimlar so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar aniqlanadi 5. Yangi mavzuni mustahkamlash. Davom ettir o'yini o'ynaladi. Bunda o'quvchilar Kim so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlarni aytishlari lozim bo'ladi. 6.Baholash. -Darsda nimalarni bilib oldingiz? - …… Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi va baholanadi. 7. Uyga vazifa. So'roq o'rniga mazmunga mos so'zlarni qo'yib, gaplarni ko'chiring Shaxsni bildirgan so'zlarni tagiga chizing. Kim paxta teradi? - Paxtakor ...

Joylangan
01 Oct 2023 | 11:48:28
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
5.03 MB
Ko'rishlar soni
521 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2023 [ 11:48 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
5.03 MB
Ko'rishlar soni
521 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:29 ]
Arxiv ichida: docx