3-sinf Ona tili Sifatning qanday qanaqa so'roqlarga javob berishi dars ishlanma

3-sinf Ona tili Sifatning qanday qanaqa so'roqlarga javob berishi dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
3-sinf Ona tili Sifatning qanday qanaqa so'roqlarga javob berishi dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Ona tili fanidan SIFATNING QANDAY? QANAQA? SO'ROQLARGA JAVOB BERISHI mavzusidagi bir soatlik OCHIQ DARS ISHLANMASI Mavzu: SIFATNING QANDAY? QANAQA? SO'ROQLARGA JAVOB BERISHI (263-264-mashqlar) Darsning maqsadi: ta'limiy: o'quvchilarga sifat - so'z turkumi ekanligi, uning so'roqlari, gapdagi vazifasi haqida ma'lumot beriladi. B) tarbiyaviy: ta'sirchan so'zlash, go'zallikka intilish kabi his-tuyg'ularni tarbiyalash. D) rivojlantiruvchi: Sifatning nutqimizdagi roli, sifatlardan nutqda o'rinli foydalanish, shaxs va narsalarning belgi xususiyatlarini yaqqol ko'ra bilish, sifatlarga so'roqlarni to'g'ri qo'ya bilish, Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo'layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o'zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo'lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo'lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta qiyinish, madaniy qoidalarga va sog'lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsning metodi: suhbat. Darsning jihozi: narsalar rasmi. Darsning borishi: I. tashkiliy qism II. O'tgan mavzuni so'rash va mustahkamlash. Savollarga javob bering 1. Qanday so'zlar ot deyiladi? 2. Otlar qanday so'roqlarga javob bo'ladi? 3. Qaysi otlar kim? so'rog'iga, qaysi otlar nima? so'rog'iga javob bo'ladi? 4. Birlikdagi otlar qanday so'roqqa javob bo'ladi? Ko'plikdagi otlar-chi? Bu otlar bir-biridan qanday farqlanadi? Ularga misollar keltiring. 5. Qaysi so'z yasovchi qo'shimchalar yordamida otlar hosil qilinadi? 6. Qanday otlar bosh (katta) harf bilan yoziladi? Shaxs-narsa belgisini bildirgan so'z sifat deyiladi. Sifatlar qanday? yoki qanaqa? So'rog'iga javob bo'ladi. Sifatlar gapda otlarga bog'lanib keladi: zangori osmon, mevali ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.84 MB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:29 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.84 MB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga