3-sinf ona tili fanidan Son so'z turkumi mavzusi bir soatlik dars ishlanmasi DARS SHIORI Ona tilim -jonu dilim Uyga vazifa so'rash: O'tilgan mavzu yuzasidan takrorlash Quyidagi chizmalar o'rniga so'z toping. Ularni birikma tartibida yozing. shabada Quyidagi chizmalar o'rniga so'z toping. Ularni birikma tartibida yozing. bino Uyga vazifani mustahkamlash O'qituvchi:- Quloq solib tur o'rtoq, Aytay she'riy topishmoq. O'ylab-o'ylab bir nafas, Qofiyasini topsang bas. Topganiga yarasha, Har kimga deyman yasha. U bir shirin mevadir, Ancha dardga davodir, Po'sti qalin va taxir, Vitaminga boy axir. Donalari qip-qizil, Shirin, nordon asl. Eshigin topsang sirin, Chiqishar birin-ketin, O'quvchilar: - Anor -Bu nima? -Anor donachalari qanday? -Anorning shakli qanaqa? -Anorning po'sti qanday? -Anor qanday xususiyatlarga ega? Bilimingizni tekshiring Qanday so'zlar sifat deyiladi? Bilimingizni tekshiring Sifatlar gapda qaysi so'z turkumi bilan bog'lanib keladi? Bilimingizni tekshiring Sifat yasovchi qo'shimchalarni ayting. Bilimingizni tekshiring Yaqin ma'noli va qarama - qarshi ma'noli sifatlarga misollar keltiring. Yangi mavzu: Son so'z turkumi Shaxs va narsalarning sanog'ini bildirgan so'zlar son deyiladi. Sonlar n e c h a ?, n e c h t a ? q a n c h a ? so'roqlariga javob bo'ladi: nechta? (daftar) - o'nta daftar, necha? (kun) - besh kun.Sonlar narsalarning joylashish tartibini ham bildirib, n e c h a n c h i ? so'rog'iga javob bo'ladi: n e c h a n chi (xona) - yettinchi xona, n e c h a n c h i ?(qavat) - to'rtinchi qavat. To'rtinchi, yettinchi sonlari tartib sonlardir.Sanoq sonlarga-inchi (-nchi) qo'shimchasini qo'shish bilan tartib son hosil qilinadi: oltmish -oltmishinchi, yeti ...

Joylangan
01 Oct 2023 | 11:48:28
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
5.14 MB
Ko'rishlar soni
954 marta
Ko'chirishlar soni
601 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:29
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
01 Oct 2023 [ 11:48 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
5.14 MB
Ko'rishlar soni
954 marta
Ko'chirishlar soni
601 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:29 ]
Arxiv ichida: pptx, docx