Ona tili II chorak Sana: Mavzu: Mustahkamlash.So'z yasovchi qo'shimchalarning qo'llanilishi. Maqsad: Ta'limiy: o'quvchilarga so'z yasovchi qo'shimchalar, ularning qo'llanishini tushuntirish. Tarbiyaviy: o'quvchilarni vatanparvar , do'stlik va tinchlikning qadriga yetuvchi kishilar qilib tarbiyalash, 165-mashq asosida mehnatsevarlikni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: chiroyli yozuv malakalarini, og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish. TK1: manbalardan ma'lumotlarni izlab topa olish; TK2: o'zini nazorat qila olish; TK5: ehtiyoji uchun kerak bo'lgan narsalardan (o'quv qurollari, kiyim-kechagi) tejab foydalanish. FK2: mavzuga oid so'zlarni og'zaki va yozma nutqda o'rinli qo'llay oladi; Dars turi: aralashgan Dars uslubi: aqliy hujum ,tushuntirish, tarmoqlash, Auksion o'yini. Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, audio pleyer,rasmli diktant, gul, gulbarglar, Topishmoqmi, tez aytish kitobi(auksion uchun). Darsning borishi: I.tashkiliy qism. a) salomlashish; b) davomatni aniqlash; d) o'quvchilarni darsga hozirlash, 10-dekabr O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun haqida suhbat o'tkazish. II.Uy vazifasini tekshirish, o'tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga vazifa so'z yasovchi qo'shimchalar qatnashgan maqollar yozib kelish berilgan , o'qittirib, tekshiraman.Husnixat mashqi o'tkazaman. Doskaga rasmlar ilaman. O'quvchilar husnixat asosida rasmli diktant yozadilar: Javoblar: lola,lolazor , gul, gulzor, bino, binokor, sham, shamdon. O'quvchilarning ishlarini o'qittirib tekshiraman. II. Yangi mavzu bayoni. Bugungi darsimizda so'z yasovchi qo'shimchalarning qo'llanishi mavzusini o'rganamiz. Buning uchun sizlar bilan Buratinoga yordam bering! o'yinini o'ynaymiz. Sizlarga so'zlar yozilgan kartochkalar beraman. Sizlar Buratino atrofidagi so'z yasovchi qo'shimchalar xaltashalariga so'zlarni moslab joylaysiz va narsaning belgisini, harakatini, shaxs,narsa, joy nomini bildirgan yangi so'zlar yasaysiz. So'zlar: gul, bog', meva, suv, shifo, parta, traktor, do'st, bilim, sinf, bino, sut, go'sht, vatan, yog', tog', danak, qovoq, rang, bo'yoq, suvoq, suhbat, futbol, tuz, shakar, tarbiya, baliq, o'y, so'z, ko'z. IV. Yangi ...

Joylangan
01 Oct 2023 | 11:48:28
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
729.36 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2023 [ 11:48 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
729.36 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:29 ]
Arxiv ichida: docx