Andijon viloyati Jalaquduq tumani XTB ga qarashli 4- umumiy o'rta talim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi Turg'unova Nafisaxonning Ona tili fanidanUndosh tovushlarning harf bilan ifodalanishi mavzusida yozgan Mavzu: Undosh tovushlarning harf bilan ifodalanishi. Dars maqsadi: Тa'limiy: O'quvchilarning undosh tovushlarning harf bilan ifodalanishi haqidagi bilimini mustahkamlash, undosh tovushlarni harflar bilan o'rgatish. Tarbiyaviy: Ularni husnixat bilan yozishga o'rgatish, zamin ,yerning qadrini anglashlariga eshirish, uni mehnat bilan ko'kartirish istagini uyg'otish, ruxsat so'rashga odatlantirish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilar so'z boyligini boyitish, ijodiy fikrlash, qayta hikoyalash malakalarini rivojlantirish. Dars turi: Mustahkamlovchi dars Dars jihozi: Kesma harflar, mavzuga mos rasmlar,multimedia ilovalari, tarqatma materiallar,rag'bat. Dars uslubi: Savol-javob, suhbat, muammoli vaziyat yaratish, ta'limiy o'yin. Darsning borishi Tashkiliy qism: O'quvchilar davomati aniqlash,darsga tayyorlash.''Ma'naviy daqiqa''o'tkazish. O'qituvchi:Bolalar,bir yilda nechta fasl bor? O'quvchi:To'rtta;qish,bahor,yoz,kuz. O'qituvchi: Hozir qaysi fasl? O'quvchi: Qish fasli.Qish fasli - dekabr,yanvat,fevral oylaridan iborat. O'quvchi:Qish faslining belgilarini ayting. O'quvchi:Qish faslida kunlar soviy boshlaydi,qorlar yog'adi,hammayoq qor bilan qoplanadi,tabiat uyquga ketadi. 2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash O'qituvchi: O'tgan ona tili darsida qanday mavzu bilan tanishganmiz, uyga vazifa nima? O'quvchi: Undosh tovushlar va harflar. Uyga vazifa 26-mashqqa asosan undosh tovushlarni aniqlash, harf birikmalarini tagiga chizish topshirilgan. O'qituvchi: Harf birikmalarini yozish uchun nechta katakcha ajratiladi? O'quvchi: Bitta chunki, bular bitta tovushni bildiradi. O'qituvchi: Kungaboqar so'zi necha so'zdan iborat. Kunga- boqar ma'nosi izohlanadi. Bu o'simlik quyoshga tomon qarab turadi. O'tilgan mavzu mustahkamlanib, uyga vazifa baholanadi. Dars maqsadini e'lon qilish. Yangi mavzu bayoni: Husnixat daqiqasi: Chiroyli yoz, yozsang xat, Bu ham hozir zo'r san'at. Buning uchun hozir shart, Husnixatga muhabbat. Bosma undosh harflar terib qo'yiladi, o'quvchilar ularni yozmaga aylantirib yozadilar. Yozganda ...

Joylangan
01 Oct 2023 | 11:48:28
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.15 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2023 [ 11:48 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.15 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:29 ]
Arxiv ichida: docx