Mavzu: Zahiriddin Muhammad Bobur. Dars maqsadi: Ta'limiy maqsad: Matnni ongli ravishda tushunib o'qishga o'rgatish, mavzu qahramonlari haqida, Bobur Mirzo haqida bilimga, tushunchaga ega bo'lishga o'rgatish. Tarbiyaviy maqsad: Mavzuni o'qitish orqali bolalarda milliy va ma'naviy qadriyatlarimiz bilan faxrlanish, ajdodlarimizning insoniy fazilatlaridan g'ururlanish tuyg'usini tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: To'g'ri, ravon va ifodali o'qish malakasini rivojlantirish. Dars usuli: tushuntirish Shakl: ravon o'qish Vosita: darslik, allomalar rasmlari, rag'bat kartochkalari. Usul: Suhbat, savol - javob, tushuntirish klaster. Sinfdagi o'quvchilar 3 guruhga bo'linadilar. 1 - guruh Amir Temur 2 - guruh Alisher Navoiy 3 - guruh Zahiriddin Muhammad Bobur deya nomlanadi va ularga qisqacha ta'rif beriladi. Buyuk tarixiy ajdodlarimiz haqida bolalarning bilimlari savol - javob qilib aniqlanib mustahkamlanadi. Uyga vazifa qilib berilgan Donolarning donosi mavzusi asosida savol - javob qilinadi. Navoiy hikmatlaridan so'raladi. Bergan javoblariga va aytgan hikmatdariga qarab guruhlar ballanadi. Ma'naviy daqiqasi o'tkaziladi: Fevral oyi Fevral oyi qaysi faslga kiradi? Fevral qishning nechanchi oyi? Fevral oyida tug'ilgan allamalar kimlar? Guruhlar rag'batlantiriladi. Yangi mavzu bayoni: Aziz bolajonlar, bugungi darsmiz buyuk allomalarimizdan biri Zahiriddin Muhammad Bobur haqida bo'lib, Ism qo'yish marosimi haqida bilib olamiz. Har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib matn qismlarini o'qib beradi. O'qituvchi qism mazmuni haqida tushuncha berib boradi va Bobur shajarasi haqida tushuncha beradi. Mana, ko'rdingizmi aziz bolajaonlar, Bobur ikki buyuk sarkardalar avlodiga mansub shaxs bo'lgan. Boburga ism qo'yish marosimi haqida bilib oldik. Endi to'y marosimlarimiz haqida bolalar bilimini aniqlaymiz. Bunda Yorqin quyosh klaster usulidan foydalanamiz. Bunda Yorqin quyosh nurlariga o'zlaringiz bilgan to'y marosimlarni yozib chiqasiz. Aqiqa Beshik to'yi Isim qo'yish Muchal to'yi Sunnat to'yi ...

Joylangan
01 Oct 2023 | 11:48:28
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.06 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:29
Arxiv ichida: docx
Joylangan
01 Oct 2023 [ 11:48 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.06 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:29 ]
Arxiv ichida: docx