Mavzu: Modal so'zlar va ularning ma'no hamda grammatik xususiyatlari, sintaktik vazifalari. Modal so'zlar - ifodalanayotgan fikrga so'zlovchining turli munosabatlarini (ishonch, gumon, achinish)ni bildiruvchi so'zlardir. Modal so'zlar ma'no jihatidan quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so'zlar: 1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat'iyligi ta'kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so'zsiz 4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o'z-o'zidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: to'g'ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan. 2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so'zlar: 1) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog'i; 2) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki; 3) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan; 4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay. 3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan. 4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan 5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom 6. Achinish: afsus, attang, esiz. 7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim. 8. Quvonch: xayriyat. 9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo'q. Modal so'zlarning ko'pchiligi mustaqil so'zlardan o'sib chiqqan. Masalan: 1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to'g'ri, so'zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) bog'lovchidan: 5) so'z birikmasidan: har qalay, har holda; 6) gapning modal so'zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so'z tushirish natijasida hosil bo'lgan: o'z-o'zidan (aniq so'zi tushib qoladi). Modal so'zlar sof va vazifadosh modal so'zlarga bo'linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so'zlari sof modal so'zlar hisoblansa, modal ma'noda ham qo'llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so'zlar vazifadosh modal so'zlar hisoblanadi. Modal so'zlar gap tarkibidagi so'zlardan vergul ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 07:16:44
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
52.78 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 07:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
52.78 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: pptx