O'zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul, affiksatsiya va kompozitsiya usuli bilan yasaladi. Mavzu: Ravishlarning yasalishi va tuzilishi jihatdan turlari. Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so'z negiziga maxsus ravish yasovchi affikslarni qo'shish bilan ravish yasaladi. Ravishning bu usul bilan yasalishida ko'pincha ot, ba'zan sifat, son, olmosh, fe'lning sifatdosh va harakat nomi shakllari, shuningdek ravishning o'zi asos bo'ladi. Ravish yasovchi affikslar quyidagilar: -an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan ravish yasaydi. -cha: o'zbekcha, yangicha, boshqacha, o'zicha, istagancha, hozircha kabi. Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi. -incha: ko'pincha, aksincha kabi. Bu affiks ravish, sifat asosiga qo'shilib ravish yasaydi. -larcha: o'rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo'shilib ravish yasaydi. -ligicha: tirikligicha, xomligicha, o -lay: tiriklay, butunlay kabi. Bu affiks sifat va olmosh asosidan ravish yasaydi. -ona: do'stona, fidokorona, g'olibona, qadimona kabi. Bu affiks ot, sifat, ravish asosidan ravish yasaydi. -lab: haftalab, yaxshilab, bittalab, ko'plab kabi. Bu affiks ot, sifat, son, ravish asosiga qo'shilib ravish yasaydi. -chasiga: dehqonchasiga, eskichasiga kabi. Bu affiks ot, sifat asosiga qo'shiladi. -siga: tikkasiga, yappisiga kabi. Bu affiks sifat, olmosh asosiga qo'shilib ravish yasaydi. -n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe'l asosiga qo'shilib ravish yasaydi. -siz, be-: tinimsiz, to'xtovsiz, beto'xtov kabi. Bu affikslar omonim affiks sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi. -day (-dek): toshdek, gulday kabi. Bu affikslar ot asosiga qo'shilib ravish yasaydi. Kompozitsiya usuliga ko'ra ikki so'z asosini ma'lum bir qolipda birikishi, tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 07:16:44
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 07:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: pptx