Dars mavzusi: Fe'llarning Tuslanishi (mustahkamlash) 420-422-mashqlar Dars maqsadi: A) Ta'limiy: O'quvchilarga gapning mazmuniga qarab fe'llarga shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish kerakligini, shaxs-son qo'shimchalarining aytilishi va yozilishidagi farqini tushuntirish. B) Tarbiyaviy: fanga bo'lgan qiziqishini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, o'z ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, bilim olishga ishtiyoqini oshirish. D) Rivojlantiruvchi: Darslik ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, og'zaki va yozma nutqini o'stirish, savodxonligini oshirish. Dars turi: aralash, noan'anaviy Dars usuli: interfaol, «Aqliy hujum», savol-javob, suhbat. Fanlararo bog'liqligi: o'qish, matematika, tabiatshunoslik, odobnoma. Dars jihozi: darslik, fe'llarning tuslanish jadvali, buyuk allomalar rasmi, texnik vositalar, chizmalar, tarqatmalar. DARSNING BORISHI I. tashkiliy qism. 1. O'quvchilar bilan salomlashish. 2. O'quvchilar va sinfning darsga tayyorgarlik holatini tekshirish O'quvchilar: Gap sinfga kirsa ustozlarimiz, Tik turib qarshi olish bizning burchimiz. Ustoz: Assalom, Temur va Navoiy vorislari, Millatning kelajagi, Prezident farzandlari. O'quvchi: Minnatdormiz biz sizdan Ta'zim har o'g'il-qizdan. O'qituvchi: Bolajonlar sog'-omonmisiz? Bugungi darsga tayyormisiz? O'quvchi: Rahmat ustoz omonmiz, Bizlar darsga tayyormisiz? O'qituvchi: Har narsadan xabarchi, Sinfda kim navbatchi? O'quvchi: Sinfda men navbatchi, Tayyor barcha o'quvchi. O'qituvchi: Hozirgi darsimiz? O'quvchi: Ona tili Alisherni kuylatgan tilim, Bulbullarni sayratgan tilim. So'z gulshanida mangu boqiysan, Boburshoh qalbini tebratgan tilim. Aziz o'quvchilar! Tarixni bilmay turib yangi hayot sari intilish qiyin kechadi. Shuning uchun ham biz tariximizni bilishimiz, buyuk bobolarimizdan qolgan merosimizni asrashimiz, uning qadriga yetishimiz kerak. Darsni musobaqa tarixida o'tkazamiz. Men sizlarni ana shu buyuk allomalarimizning izlaridan borib, buyuk insonlar bo'lishingizni niyat qilib, guruhga allomalarning nomlarini qo'ydim. 1-guruh- Amir Temur 2-guruh- Alisher Navoiy 3-guruh- Z.M.Bobur Guruh sardorlari o'zlarini tanishtirib, guruhlariga ta'rif beradilar. Amir Temur: Bu Vatan tuprog'ida, Amir Temur ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 07:16:44
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 07:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.57 MB
Ko'rishlar soni
176 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: docx