Mavzu: 3. Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlari, ma'no turlari. Reja: Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlari haqida ma'lumot Ravishlarning tuzulish jihatidan turlari. Ravishlarning ma'no turlari 1. Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlari haqida ma'lumot Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o'rni, daraja miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday?, qancha?, qachon?, qayer? singari so'roqlarga javob bo'luvсhi so'zlar ravish deyiladi. Ravishlar o'zgarmas so'z turkumi bo'lib, ular so'zlarga qo'shimcha olib, o'zgarmasdan bog'lanadi. Ravishlarning tarkibidaga egalik va kelishik qo'shimchalari morfemalarga ajratilmaydi. Sodda ravishlar bir o'zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko'p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi. Qo'shma ravishlar ikki so'z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi. Sodda va qo'shma ravishlar Juft ravishlar ikki so'z asosining teng bog'lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi. Takroriy ravishlar esa bir so'z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o'zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo'rg'a-zo'rg'a kabi. Takroriy ravishlar so'zning leksik ma'nosini o'zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta'kid kabi qo'shimcha ma'nolarni ifodalab keladi. Juft va takroriy ravishlar Holat ravishi Holat ravishi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so'roqlarga javob bo'ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo'qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to'kin, butunligicha, jim, darhol, zo'rg'a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o'zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi. Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog'lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi: Bobur ota yurtidan ajralganini endi astoydil his qildi (P.Q.). Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g'olibona bayrog'imizni (A.M.). Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P.Q.). Payt ravishi. Payt ravishi. Payt ravishi ish-harakatning ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 07:16:44
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
91.85 KB
Ko'rishlar soni
227 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 07:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
91.85 KB
Ko'rishlar soni
227 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:33 ]
Arxiv ichida: pptx