4-sinf Ona tili fanidan Hozirgi zamon fe'li mavzusida dars ishlanma

4-sinf Ona tili fanidan Hozirgi zamon fe'li mavzusida dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
4-sinf Ona tili fanidan Hozirgi zamon fe'li mavzusida dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Titul varag'i: Rahmonova Duranoy Hamroyevna, 14-umumta'lim maktab, o'qituvchi, Buxoro tuman, Buxoro viloyat. Ona tili, 4-sinf, hozirgi zamon fe'li, 32 nafar o'quvchilarga mo'ljallangan Annotasiya Hozirgi zamon fe'li so'zlab turgan paytda bajarilayotgan (yoki bajarilmayotgan) harakatni bildiradi. yap, moqda bular hozirgi zamon qo'shimchalari hisoblanadi. O'quvchi matnni o'qib fe'llarni topa oladi, zamonini topadi bo'lishli yoki bo'lishsiz fe'l ekanligini ayta olish malakasiga ega bo'ladi. O n a t i l i Hozirgi zamon fe'li (4-sinf, IV chorak ) Darsning maqsadlari: ta'limiy: darslikda berilgan mashqlarni bajarish orqali o'quvchilarning hozirgi zamon fe'li haqidagi bilim va ko'nikmalarini boyitish; tarbiyaviy: O'quvchilarning axloqiy sifatlarini tarbiyalash, mashqlarni shartiga asosan xatosiz bajarishga va chiroyli yozishga o'rgatish; rivojlantiruvchi: o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini, imloviy hamda chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni hakllantiruvchi. Dars metodi: savol-javob, suhbat, amaliy ish, didaktik o'yin. Dars jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar,tarqatma materiallar, proyektor, kompyuter. Darsning borishi tashkiliy qism. - Salomlashish, davomatni aniqlash, o'quvchilarni ona tili darsiga hozirlash. Bog' yashnaydi Bog'bon bilan. Dala yashnar Dehqon bilan. Uy yashnaydi Bola bilan Tog' yashnaydi Lola bilan. O'qituvchi: - Bolalar bugun biz bog'imizdagi yam -yashil daraxtlarni kuzatamiz. Siz bog' deganda nimani tushunasiz? O'quvchilarning javobi tinglanadi .Bog' dalaning ko'rkiga ko'rk qo'shib turuvchi turli xildagi mevali daraxtlar.Mevalaridan barcha insonlarni bahramand etadi, to'ydiradi. O'qituvchi: - Tabiatda bahor faslning boshlanishi.Bahor faslida butun tabiat qanday ko'rinishda bo'ladi? O'quvchi: - Bahorda havo issiq bo'ladi. Uzoqlarga ketgan qushlar yana bizning o'lkamizga uchib keladi. Daraxtlar kurtak chiqarib, gullaydi, atrof yam-yashil libosga burkanadi. O'qituvchi: - Barakalla! Lekin mana bu daraxtni qaranglar, rivojlanmayapti, barglari ham hali kichkina. Bolajonlar, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.83 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 66 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 2.83 MB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 66 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga