4-sinf Ona tili fanidan Nazorat ishlari to'plami

4-sinf Ona tili fanidan Nazorat ishlari to'plami

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
4-sinf Ona tili fanidan Nazorat ishlari to'plami - rasmi

Material tavsifi

4- sinf Ona tili I-chorak uchun nazorat ishlari 1-NI Mavzu: Gap . Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari. His- hayajon gaplar. O'quv materiali: . Maqsad: O'quvchilarning gap va uning turlari yuzasidan bilim, ko'nikma, malaka va kompentensiyalarini tekshirish. Nazorat shakli: Diktant 2 - NI Mavzu: Gap. Gap bo'laklari. Gapda so'zlarning bog'lanishi. O'quv materiali: 33-mashq. Maqsad: O'quvchilarning to'liq qayta hikoyalash asosida rasm mazmunini yozma ifodalash bilim, ko'nikma, malaka va kompentensiyalarini tekshirish. Nazorat shakli: Insho Qovun sayli Reja namunasi: 1. Tog'amning taklifi 2. Chaylada 3. Rais bilan musobaqa 3-NI Mavzu:Gapning uyushiq bo'laklari. O'quv materiali: Ona mamnun. Maqsad: O'quvchilarning o'qilgan matn mazmunini to'liq qayta hikoyalash asosida yozma ifodalay olish, bilim, ko'nikma, malaka va kompentensiyalarini tekshirish. Nazorat shakli: Bayon Ona mamnun Hanifa opa qizlariga guldor, chiroyli matolardan bejirim kiyimlar tikib beradi. Sochlariga qip-qizil lenta bog'lab qo'yadi. Maktabga qo'g'irchoqdek qilib jo'natadi. Fotima bilan Zuhraga hammaning havasi keladi. Hanifa opa bexosdan zinadan yiqilib tushdi. U oyog'ini ushlagancha o'tirib qoldi. Tez yordam mashinasini chaqirishdi. Shifokor qizlarning opasini kasalxonaga olib ketdi. U ancha kun davolandi. So'ngra uyiga qaytib keldi. Onaning oyog'i gipslangan. Hanifa opa o'rnidan zo'rg'a turardi, zo'rg'a o'tirardi, zo'rg'a yurardi. Fotima bilan Zuhra onasiga mehribon. Ular onasiga navbat bilan qarashadi. Ona qizlarining yordami bilan tezda tuzalib ketdi. U qizlaridan juda mamnun. (90 so'z) (Reja sinf jamoasi bilan birga tuziladi) Reja namunasi: Hanifa opaning mehribonligi. Hanifa opaning jarohati. Opa qizlaridan mamnun. 4-NI Mavzu: Nutq. Matn. O'quv materiali: Darslik (90-mashq) Maqsad: O'quvchilarning to'liq qayta hikoyalash asosida rasm mazmunini yozma ifodalay olish bilim, ko'nikma, malaka va kompentensiyalarini tekshirish. Nazorat shakli: Bayon Reja: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 304 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 304 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga