4-sinf Ona tili Yuklamalar va ularning grammatik xususiyatlari dars ishlanma

4-sinf Ona tili Yuklamalar va ularning grammatik xususiyatlari dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
4-sinf Ona tili Yuklamalar va ularning grammatik xususiyatlari dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Мavzu: Yuklamalar ularning grammatik xususiyatlari. Ayrim so'z yoki gapga qo'shimcha ma'no berish uchun qo'llanadigan yordamchi so'zlar yuklamalar deb ataladi. Masalan: Haqiqiy kasbu kamol faqat ilm bilan hosil bo'ladi. (M.Hasaniy). Quyosh ham atayin nurlarini to'kib, mag'rur ko'tarildi. (O.) Yuklamalar tuzilishiga ko'ra ikki xil: a) qo'shimcha holatdagi yuklamalar: -mi, -chi, -a, -ya, -oq (-yoq), -da, -u (-yu), -gina (-kina, -qina), -ku; b) so'z holatidagi yuklamalar: axir, faqat, xudi, nahotki, ham, naq, xolos. To'ydan faqat Anor xabardor (H.O.) Eshik «g'irch etib ochildi-da, ruxsat so'rab ukasi Darvishali kirdi. (O.) Bir vaqi G'iyosiddin Kichkina, xudi shu erda, daricha ostida o'tirib, uni erkalatmasmidi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida gapga yoki ayrim so'zlarga beradigan qo'shimcha ma'nolariga ko'ra yuklamalarni quyidagicha turlarga bo'lish mumkin. 1. So'roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya. -mi yuklamasi so'roq, taajjub, hayrat kabi ma'nolari bildiradi. Masalan: - Kelinning suluvligi Marg'ilonda ma'lum ekanmi? (A.Qodiriy) Men dalada ishlashish kerakmishmi? (O.) -chi yuklamasi so'roq, kuchaytiruv, harakatga undash, buyruq, iltimos, ta'kid ma'nolarini bildiradi. Masalan, - Sizga-chi, Anvar (A.Qodiriy) - O'g'ling qaytsin-chi, bo'lmasa (A.Qod.) - Loaqal bir og'iz o'g'lingizga aytib o'tishga va'da bering-chi, -dedi (A.Qod.) - O'rtoqjon, bir narsa desang-chi. (CHo'lpon). -a (-ya) yuklamalari so'roq, taajjub, hayratlanish ma'nolarini bildiradi. Masalan, Bu gap oramizda qolsin-a! (T.Malik) Gulnorni sevishimni bilardi-ya (O.) - Qizim, bugun mehmonlaringni Sultonxonlarnikiga olib chiqasan-a? - deb qolmasinmi! (A.Qod.) 2. Kuchaytiruv va ta'kid yuklamalari: -ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-kim), ham, hatto, hattoki, axir, nahot (nahotki). -ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-kim) yuklamalari ma'noni kuchaytirish, to'liqsizlik, tezlik va davomiylik ma'nolarini ifodalash uchun qo'llanadi. Masalan, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.27 MB
Ko'rishlar soni 399 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.27 MB
Ko'rishlar soni 399 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga