Fanning nomi: Ona tili. 4-sinf Mavzu: Uyushiq bo'laklarning bog'lanishi. Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: O'quvchilarning uyushiq bo'laklar to'g'risida olgan bilimlarini yanada boyitish, uyushiq bo'laklarning bog'lanishi haqida ma'lumot berish. Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni odobli, aqlli, ziyrak, mehnatsevar bo'lishga o'rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni imlo sezgirligini oshirish, yozish, fikrlash, tinglash va eshitish qobiliyatlarini o'stirish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodi: Suhbat, tushuntirish, savol-javob, Sirli kalit, Tez javob, Gap tuz'' ta'limiy o'yinlari Dars shakli:Noan'anaviy dars. Dars jihozi: Tarqatma materiallari, ko'rgazmali qurollar, rasmlar, multimedia ilovalari, rag'bat kartochkalari. Darsning borishi: I.tashkiliy qism: O'qituvchi: O'quvchilar omonmisiz Bugun darsga tayyormisiz? O'quvchilar: Biz hammamiz omonmiz Bugun darsga tayyormiz! O'qituvchi: Sinfda kim navbatchi Hamma ishdan darakchi! Navbatchi o'quvchi: Sinfda men navbatchi Hamma ishdan darakchi! Navbatchi axboroti tinglanadi Siyosiy daqiqa: O'qituvchi o'quvchilarga ,,Sirli kalit nomli o'yindan foydalanadi. O'qituvchi o'quvchilarga savollar tarqatadi. O'quvchilar savollarga javob beradilar. Savol: O'quvchilar, aytinchi bizning Prezidentimiz kim? Javob: Shavkat Mirziyoyev Miromonovich. Savol: Hozir o'lkamizda qanday fasl hukm surmoqda. Javob: Kuz fasli. Savol: Kuzda tabiatda qanday o'zgarishlar kuzatiladi. Javob: Daraxtlar bargi sarg'ayadi, kunlar soviy boshlaydi. Savol: Xo'sh aziz o'quvchilar aytinglarchi, qanday vatanimiz ramzlarini bilasiz? Javob: O'zbekiston Respublikasi davlat gerbi, baryog'i, madhiyasi mavjud. O'zbekiston pul birligiga, qomusiga ega. Savol: Raxmat ,aziz bolajonlar, aytingchi davlat Konstitutsiyamiz qachon qabul qilingan. Javob: O'zbekiston Respublikasining Davlat Konstitutsiyasi 1992 - yil 8 - dekabrda qabul qilingan. Savol: O'quvchilar sizlar buyuk bobokalonlarimizdan kimlarni bilasiz? Javob: Alisher Navoiy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur. . O'quvchilar savollarga javob beradilar va savollar ortidagi sonlarni tartib bilan joylaydilar. Hamda quyidagi so'zni hosil qiladilar: O'zbekiston-kelajagi ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 07:16:44
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
140.51 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:33
Arxiv ichida: docx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 07:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
140.51 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:33 ]
Arxiv ichida: docx