Sana: Fan: O'qish Sinfi: Dars mavzusi: Qambar O'tayevning «Non qayerdan keladi?» she'ri. Maqsadlar: Ta'limiy: O'quvchilarni Qambar O'tayevning «Non qayerdan keladi?» she'ri bilan tanishtirish; Tarbiyaviy: Nonning aziz ne'mat ekanligini uqtirish, uni uvol qilmaslikka o'rgatish, she'r orqali o'quvchilarda nonni e'zozlash va qadrlash hissini rivojlantirish; Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning ifodali o'qish malakalarini va non tayyorlash mashqi jarayonida qo'l motorikasini rivojlantirish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi, noan'anaviy. Dars metodi: Guruhlarda amaliy ishlash, aqliy hujum, o'z-o'zini baholash, boshqotirma, «Venn diagrammasi». Didaktik vositalar: non turlari aks etgan rasmlar, rubob, o'quvchilarga tanishtirish uchun bug'doy, un va boshqotirma usulidagi tarqatmalar. Texnik vositalar: proyektor, ekran, kompyuter, disk. Darsning borishi: tashkiliy qism (3 daqiqa). (O'qituvchi tomonidan dars nomi va kun hikmati e'lon qilinadi. O'quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi). Dars nomi: «Non - eng aziz ne'mat» Kun hikmati: Non aziz, eng halol Non serob bemalol. Bo'lmasin hech uvol, Uvog'ini terib ol. O'tilgan mavzuni mustahkamlash (7 daqiqa). Shoir Shukur Sa'dullaning «Yoz» she'ri tezkor savollar orqali yodga olinib, o'tilgan mavzu mustahkamlanadi. Har bir o'quvchiga tezkor savollar tarqatiladi. Uning natijasi o'z-o'zini baholash usuli orqali aniqlanadi. Yangi mavzuni tushuntirish (20 daqiqa). (O'qituvchi bugungi mavzuni e'lon qiladi va o'quvchilarni guruhlarga ajratadi). O'qituvchi: - Bugun darsda shoir Qambar O'tayevning «Non qayerdan keladi?» she'rini o'tamiz. «Aqliy hujum» metodi o'tkaziladi. «Non qayerdan keladi?» savoliga o'quvchilarning javoblari tinglanib, umumlashtiriladi. Ekranda ovozli slayd namoyish etiladi. Unda nonning qanday paydo bo'lishi va uning tayyor holda dasturxonimizga yetib kelguncha bo'lgan jarayon hikoya qilinadi. She'r o'qituvchi tomonidan ifodali o'qib beriladi. So'ng har bir guruh o'quvchilari she'rni qismlarga bo'lib, ifodali o'qiydilar. 1- guruh: Uyga kelganda mehmon Oyim ...

Joylangan
02 Oct 2023 | 07:16:44
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
539.62 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
02 Oct 2023 [ 07:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
539.62 KB
Ko'rishlar soni
180 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:32 ]
Arxiv ichida: docx