5-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Ko'chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi

5-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Ko'chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Ona tili fanidan dars ishlanma. Ko'chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

G'ijduvon tumani 56-o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Saparova Shahnozaning ,,Ko'chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi mavzusida yozgan bir soatlik dars ishlanmasi 5-sinf II chorak 57-dars MAVZU: Muallif gapi ko'chirma gapning boshqa o'rinlarida kelganda,tinish belgilarining ishlatilishi Maqsad:a) muallif gapi ko'chirma gapning boshqa o'rinlarida kelganda,tinish belgilarining ishlatilishini o'quvchilarga tushuntirish; FK1,TK1 b)o'quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, muomala madaniyatiga o'rgatish;TK c)o'quvchilar so'z boyligini oshirish, nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga ,tinish belgilarini to'g'ri qo'llashga o'rgatish.FK2 Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so'zlash, o'qish, yozish): Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: - eshitilgan yoki o'qilgan matnlardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olish, saralash. O'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi : - doimiy ravishda mustaqil o'qib-o'rganish, bilimni oshirib borish, kognitivlik (ijodiylik) ko'nikmasini shakllantirish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: - mavzu doirasida berilgan matnlar mazmuni orqali milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo'lish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: - dars va mashg'ulot jarayonlarida faol ishtirok etish; Dars turi:yangi bilim,tushunchalarni shakllantiruvchi Dars uslubi:tushuntirish,Tushunchalar tahlili,Kim epchil-u kim chaqqon?,Mustaqil ishlaymiz, Assisment Dars jihozi:5-sinf darsligi,tarqatmalar,kompyuter ,proyektor,ekran Darsning borishi:I.tashkiliy qism.Navbatchi axboroti.Psixologik iqlim yaratish Hikmat orqali o'quvchilarga ko'proq kitob o'qish tavsiya etiladi II.O'tgan mavzuni mustahkamlash Tushunchalar tahlili Savollar: 1.Muallif gapi ko'chirma gapdan oldin kelsa ,qanday tinish belgisi qo'yiladi? 2.Ko'chirma gap so'roq ,undov gaplar bo'lsa,so'roq va undov belgilari qayerga qo'yiladi?Misollar bilan tushuntiring. II.Yangi mavzu: 1-topshiriq:Eng buyuk jasorat,-deydi Yurtboshimiz,-bu ma'naviy jasorat gapidagi ko'chirma gap bilan muallif gapining o'rinlarini o'zgartiring.Tinish belgilarini tushuntiring. 2-topshiriq :Do'stlar diydoridan ortiq quvonch ,firog'idan ortiqroq g'am yo'q(Rudakiy)gapini ko'chirma gapli qoshma gapga aylantiring.Tinish belgilarini tushuntiring. Bilib oling: (Slaydlar namoyish etiladi.) IV.Mustahkamlash 202-mashq .Berilgan ko'chirma gaplarni turli o'rinlarda qo'llab ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.66 MB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 3.66 MB
Ko'rishlar soni 198 marta
Ko'chirishlar soni 43 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga