5-sinf Ona tili dars ishlanma. So'roq belgisining ishlatilishi

5-sinf Ona tili dars ishlanma. So'roq belgisining ishlatilishi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Ona tili dars ishlanma. So'roq belgisining ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

5-sinf Ona tili So'roq belgisining ishlatilishi KUN HIKMATI Ilm xazinadir, uning kaliti esa so'rashdir. SO'ROQ BELGISINING ISHLATILISHI Berilgan gaplarni o'qing. Nuqtalar o'rniga qanday tinish belgisi qo'yasiz? O'ylab ko'ring. Savol mazmunidagi gaplar so'roq gaplar hisoblanadi. Ular so'roq so'zlari va -mi, -chi, -a, -ya kabi so'roq mazmunidagi qo'shimchalar yordamida hosil bo'ladi: - Meniyam kitob qilib yozsang-chi? - degan edingiz. - Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi - degan edim men. BILIB OLING! Ko'pincha kim?, nima?, qanday?, qancha?, nima qilmoq? so'zlari gap ichida qo'llanganda ular ortidan so'roq belgisi qo'yiladi: Eshikni kim taqillatdi? Dunyo dunyo bo'lib yaraldi qachon, Hayot ohanglari taraldi qachon? BILIB OLING! AQLLI BOLANING JAVOBI Podshohlardan biri o'z vazirinikiga mehmonga boribdi. Vazirning odobli, so'zi chiroyli o'g'li bor ekan. Podshoh o'sha bolani yoniga o'tqazib, undan so'rabdi: - Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? -Qachon podshoh otamning uyida bo'lsa, albatta,otamning uyi chiroyli! - deb javob beribdi bola. Matnni diqqat bilan o'qing. So'roq gaplarni toping. AQLLI BOLANING JAVOBI Keyin podshoh barmog'idagi qimmatbaho uzukni ko'rsatib undan so'rabdi: - Bu uzukdan ham chiroylisini ko'rganmisan? - Ha! Uzuk taqilgan qo'l uzukdan chiroyli, - debdi bola. Podshoh uning hozirjavobligidan taajjublanib, yana so'rabdi: - Mendan keyin podshoh bo'lishni istaysanmi? - Podshohning o'g'li mendan ko'ra podshohlikka haqliroq, - debdi bola. Bu javobdan podshohning shodligi yanada oshib, vazirning o'g'liga bergan tarbiyasidan mamnun bo'libdi. MATN YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR 2. Bu uzukdan ham chiroylisini ko'rganmisan? 1. Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? 3. Mendan keyin podshoh bo'lishni istaysanmi? Agar siz vazirning o'g'li bo'lganingizda quyidagi savollarga qanday javob bergan bo'lar edingiz MUSTAHKAMLASH Quyidagi so'zlarga savol berib, jadvalga joylang. Batafsil, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.57 MB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:37 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.57 MB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga