5-sinf Ona tili PUNKTUATSIYA BO'LIMI HAQIDA MA'LUMOT KUN HIKMATI Yo olim bo'l, yo ilm oluvchi bo'l, ularning orasidagi loqayd inson bo'lma. PUNKTUATSIYA BO'LIMI HAQIDA Tinish belgi - bizga o'rtoq, Matnda u yo'lchiroq. Har birining o'rni bo'lak, Savodxonlikka saboq. Nega tinish belgilari svetoforga o'xshatilyapti? Ularning yozma ishlardagi o'rni haqida gapiring. Tinish belgilarining yozma nutqda qo'llanish qoidalarini o'rganuvchi bo'lim punktuatsiya deyiladi. Savodxon bo'lish, yozuv madaniyatini egallash uchun tinish belgilarini to'g'ri qo'llay bilish kerak. O'zbek tilida 10 ta tinish belgisi mavjud. BILIB OLING! BILIB OLING! Tinish belgilarining o'rni o'zgargandan so'ng gaplar ma'nosida qanday o'zgarish yuz berdi? Izohlang. TOPSHIRIQ 1. Umarjonning, Ominaning ukasining mikrosxemali roboti bor. 2. Umarjonning, Ominaning ukasining, mikrosxemali roboti bor. Tinish belgisining ma'no farqlashiga diqqat qiling. Robot nechta? TOPSHIRIQ TUMOR O'zbekistonning Afg'onistondagi elchixonasida ishlagan kezlarim edi. Bir kuni avto ulovimiz loyga botib qoldi. Qancha urinsak ham, chiqara olmadik. Mahalliy aholidan ko'mak so'radik. Qarangki, baxtimizga ular o'zbeklar ekan. Ularning ota-bobolari O'zbekistondan bo'lgan ekan. Bizni mehmon qilishdi. Matnni diqqat bilan o'qing. Tinish belgilariga e'tibor bering. TUMOR Ularga yurtimiz haqida, Samarqand-u Buxoro, Toshkent haqida so'zlab berdik. Ketar chog'imizda bir ulug'sifat kishi so'radi: Birodari aziz! Vatan tuprog'idan bir nisxona bormi? Birdan yodimga xaltamdagi paxta gulli chinni piyola keldi, ularga berdim. Oqsoqollari birma-bir qo'llariga olib, tavof qilishdi. So'ng butun boshli qavm navbat bilan shu piyolada suv ichishdi. Men piyolani ularga hadya qildim. Ular esa piyolani mayda bo'laklarga bo'lib, taqsimlab olishdi. - Vatan tuprog'idan tumor yasaymiz, uyimiz to'riga qadab qo'yamiz… MATN YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR 2. Vatan sog'inchi ifodalangan qanday film tomosha qilgansiz? 1. Matn sizda qanday taassurot qoldirdi? ...

Joylangan
09 Oct 2023 | 14:31:58
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.21 MB
Ko'rishlar soni
490 marta
Ko'chirishlar soni
244 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
09 Oct 2023 [ 14:31 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.21 MB
Ko'rishlar soni
490 marta
Ko'chirishlar soni
244 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx