Asos va qo'shimchalar Dars talablari: Darsga vaqtida kelish Darsga formada kelish O'quv qurollarining borligi Tartib-intizom Darsdagi faollik Topshiriq Kim chaqqon kim ko'p so'z topish 1-guruh Mevazor 2-guruh mevali 3-guruh mevalar BILIB OLING So'zning asosiy ma'nosini ifodalab, mustaqil qo'llana oladigan qismi asos deyiladi. Mustaqil qo'llana olmaydigan, asosga qo'shilib, unga yangi yoki qo'shimcha ma'no yuklaydigan, shuningdek, so'zlarni bog'lashga xizmat qiladigan qismga qo'shimcha deyiladi. 58-mashq. Matnni o'qing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni ma'noli qismlarga ajrating. Ularning qaysi biri asos, qaysinisi qo'shimcha ekanini ayting. Undagi g'oya haqida bahslashing. Mehnat, halollik haqida ibratli rivoyat bor: Bir bola ulg'aygach, otasi unga ishlab pul topib keltirishni buyuradi. Lekin ko'ngilchan ona: «O'g'lim qo'lini qavartirib, qiynalib yurmasin», deya, eridan o'g'rincha unga pul beradi. Sezgir ota o'g'li keltirgan pulni o'tga tashlaydi. Bola beparvo, loqayd turaveradi. Bu hol yana takrorlanadi. O'g'lining uchinchi marta olib kelgan pulini otmoqchi bo'lganida, bola uning qo'liga yopishib, yondirmasligini so'raydi. Ota shundagina bu safar o'g'lining haqiqiy pesxona teri bilan pul topganiga isxonadi. Mehnat bilan topilgan pul qadri mashaqqat bilan qo'lga kiritilgan barcha narsalar singari azizdir. («Saodat»dan) 59-mashq. So'zlarni ikki guruhga ajrating. Birinchi guruhga yangi ma'no beruvchi, ikkinchi guruhga qo'shimcha ma'no yuklovchi qo'shimchali so'zlarni yozing. Giyohlarni, adolatli, bog'bon, ajratildi, mevazor, birinchi, kuzda, dorishunos, sayohatchi, topilgan, sezgir, ikkita, mehnatkash, bag'riga, mehnatdan. 60-mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi mos qo'shimchani qo'yib, gaplarni ko'chiring. Mard(-chi, -lik, -kor) - bu ezgu tuyg'u, muqaddas fazilat, tabarruk meros. Mard bo'lgan kishi(-lar, -cha, -da) haqiqat, qanoat, sabr, ezgulik, vijdon, adolat, diyonat, insof, (be-, -ba-, no-)mardlarda yolg'izlik, yomonlik, ojizlik, makkorlik, hasad, adovat, tubanlik, noinsoflik kabi sifatlar (-da, -chi, -ni) ...

Joylangan
09 Oct 2023 | 14:31:58
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
409 marta
Ko'chirishlar soni
138 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
09 Oct 2023 [ 14:31 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
409 marta
Ko'chirishlar soni
138 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx