Name of presentation Vatan tuyg'usi 5-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 3-mavzu Vatanning nomi aytilishi bilan uning bag'rida o'tgan yillarimiz, ota-onamiz, qadrdon uyimiz esimizga tushadi, qalbimiz shirin his tuyg'ularga to'ladi. Yurtimizning betakror tabiatini tomosha qilganda, uning boyliklaridan bahramand bo'lganda, olis ellarda vatandoshlarimiz bilan ko'rishganda, ularning sport, madaniyat, san'at va boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini eshitganda, beixtiyor quvonamiz. Vatan tuyg'usi insonga ona allasi, bobolar o'giti, otaning ibrati, oila, maktab tarbiyasi, ta'lim, ona tabiat bilan muloqot jarayonida singadi. Vatan tuyg'usi og'ir damlarda bizga kuch-quvvat beradi, xalqimizni, yurtimizni dunyoga tanitishga, ajdodlarimizning buyuk an'analariga sodiq bo'lishga da'vat etadi. Ota-bobolarimiz uzoq o'lkalarga ketayotganlarida yurt tuprog'idan bir siqim olib, ro'molchaga tugib qo'yganlar. Olis yurtlarda Vatan sog'inchi yuraklarini o'rtaganida ana shu tuproqni hidlab, ko'zlariga to'tiyo qilib, qadrdon diyorimiz mehrini, nafasini tuyganlar. Ulug' insonlar qalbidagi Vatanga intilish tuyg'usi shunchalik kuchli bo'ladiki, ular nafaqat tirikligida, balki bu dunyodan ko'z yumganidan keyin ham ona yurt tuprog'iga yaqinroq bo'lishni orzu qiladilar. Uzoq Hindiston o'lkasida podsholik qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz vafotidan so'ng o'z jismini ushbu yurtga emas, balki Vataniga yaqinroq bo'lgan joy - Afg'onistonning hozirgi poytaxti bo'lmish Kobul shahriga qo'yishlarini vasiyat qilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so'ng Bobur tug'ilgan yurt - Andijon shahrida buyuk ajdodimizning ramziy qabri barpo etilib, uning atrofida ulkan bog' yaratildi. Hozirgina tilga olganimiz Bobur bobomizning vorislari - boburiylar sulolasining aksariyat namoyandalari ota-bobolarining yurti - O'zbekiston zaminida yashamagan bo'lsalar-da, vatan tuyg'usi ularni bu tabarruk tuproqqa chorlab turgan. Andijon. Zahiriddin Muhammad Bobur haykali Ota-bobolarimiz vorisiylik an'analarini saqlash uchun o'zlarining nasl-nasab tarixi - shajarasini yozib borganlar. Ulug' allomalarimiz Vatan ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:24:20
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.83 MB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:24 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.83 MB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: pptx