Name of presentation O'zbekiston xalqi 5-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 7-mavzu Vatanimizni qanchalik suyib ardoqlasak, uning bor yukini tog'dek yelkasida ko'tarib kelayotgan xalqimizni ham shunchalik sevamiz. Dunyodagi eng go'zal so'zlar, ta'riflar Vatanimizga qanchalik yarashsa, xalqimizga ham shunchalik yarashadi. Vatanni va xalqni bir-biridan hech qachon ajratib tasavvur etib bo'lmaydi. «O'zbekiston xalqini, millatidan qat'iy nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. Mamlakatimiz ko'p millatli bo'lib, yurtimizda o'zbeklardan tashqari qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg'iz, turkman, rus, ukrain, koreys, nemis, arman, ozarboyjon, yahudiy kabi 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi va ularning barchasi birgalikda O'zbekiston xalqini tashkil etadi. Bunday muhit yurtimiz fuqarolarida milliy va diniy bag'rikenglik, boshqa xalqlar madaniyatiga hurmat bilan qarash tuyg'ularini ham rivojlantiradi. O'zbek xalqi tarkibini shakllantirishda qorluq, o'g'o'z, nayman, qipchoq, qo'ng'irot, kenagas, barlos, mang'it kabi ko'plab qabila va urug' vakillari ham muhim hissa qo'shganlar. Qadim ajdodlarimiz azal-azaldan Amudaryo va Sirdaryo bo'ylarini makon tutib, bu hududdagi voha va vodiylarda alohida sivilizatsiya, ya'ni madaniy taraqqiyotga asos solganlar. Xalqimiz yurtimizdagi barcha boyliklarning egasi bo'lgani uchun mamlakatimizdagi katta o'zgarishlar uning roziligini olmasdan turib amalga oshirilmaydi. Siz ota-onangizning mahalla majlislariga borganini, ba'zan «Ovoz berib kelaylik» deb, erta tongda saylov uchastkasiga otlanganini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Fuqaro mamlakat hududida doimiy yashaydigan, davlat va jamiyat hayotiga oid masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan shaxsdir. O'zbekiston xalqi mamlakatimizda barpo etilayotgan yangi hayot, yangi jamiyatning asosiy bunyodkori hisoblanadi. Bu jamiyatning ma'no-mazmunini, rivojlanish darajasi va istiqbolini shu xalqning orzu-intilish va harakatlari belgilaydi. Savol va topshiriqlar: 1. Biz xalqimizni nima uchun sevamiz? 2. Rasmlarda xalqimizning qanday urf-odatlari tasvirlangan? 3. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:24:20
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.57 MB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:24 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.57 MB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: pptx