Name of presentation 5-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 4-mavzu Oila - vatan timsoli Insonni voyaga yetkazadigan, unga eng go'zal tuyg'ularni singdiradigan, uning ong-u shuurida dastlabki bilim va ko'nikmalarni shakllantiradigan makon oiladir. «Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega» Qadimiy rivoyatlarga ko'ra, yer yuzidagi birinchi oila Odam Ato va Momo Havo tomonidan barpo etilgan. Dunyodagi odamlar, xalqlar va millatlar ana shu oiladan tarqalgan ekan. Go'dak ko'z ochib dunyoga kelganidan so'ng avvalo onasini taniydi hamda uning bag'ridan panoh va rizq topadi. Onaning ko'ksida tinch va osoyishta uxlaydi, orom oladi. Ona mehr-muhabbat, ezgulik va fidoiylik ramzi. Uni Vatanga qiyoslaymiz. Vatanni ta'riflaganda avvalo «Ona Vatan» deymiz. Ona va Vatan haqidagi taassurotlar bir-biriga o'xshab ketadi. Vatan ham, ona ham farzandining baxti uchun hech narsani ayamaydi. Shuning uchun ham Vatanimizning bosh maydoni bo'lgan Mustaqillik maydoniga «Baxtiyor ona» haykali o'rnatilgan. Onaning allasida Vatan tuyg'usi bosh mavzudir. Allada «katta bo'lgin», «el-yurtingga xizmat qilgin» deb kuylanishi bejiz emas. Ona allasi bilan birga bolaning qalbiga milliy ruh kiradi. Bu milliy ruh - Vatan tuyg'usidir. Yurtimizda 1998-yil - «Oila yili», 2001-yil - «Onalar va bolalar yili», 2012-yil esa «Mustahkam oila yili» deb e'lon qilindi. Oilaning yana bir ustuni otadir. Ota - oila boshlig'i, uyda adolat timsoli bo'lib, barchaga ibrat va namuna ko'rsatadigan zotdir. Odatda, o'g'il bolalar otaga, qizlar esa onaga taqlid qiladi. Shuning uchun o'g'illar haqida gap ketsa, «Ota o'g'il», qizlar haqida gap ketsa, «Ona qiz» deydilar. Oilada «ota kasbi» degan tushuncha bor. Farzand ota kasbini egallasa, odamlar «Otasining qo'lini olibdi», «Otasining davomchisi bo'libdi», deb ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:24:20
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.12 MB
Ko'rishlar soni
328 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:24 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.12 MB
Ko'rishlar soni
328 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: pptx