5-sinf Vatan tuyg'usi Vatan - yagona va muqaddas

5-sinf Vatan tuyg'usi Vatan - yagona va muqaddas

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Vatan tuyg'usi Vatan - yagona va muqaddas - rasmi

Material tavsifi

Name of presentation 5-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 1-mavzu Vatan - yagona va muqaddas Biz ona yurtimizni buyuk muhabbat bilan sevgan, butun hayotini uning mustaqilligi, kelajagi uchun bahsh etgan insonlarning Vatan haqidagi fikrlarini o'qisak, ko'p narsani tushunamiz. Prezidentimiz Islom Karimovning Vatanimiz haqida ulkan mehr bilan aytgan fikrlariga e'tibor bering: «Albatta, jahon - keng, dunyoda mamlakat ko'p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O'zbekistonimiz yakka-yu yagona. Bu go'zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan» Ulug' ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy Vatan haqida bunday degan: «Har bir kishining tug'ilib o'sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug'ilgan, o'sgan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi, tuyg'usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o'z vatanidan - uyuridan ayrilsa, o'z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, maishati talx2 bo'lub, har vaqt dilining bir go'shasida o'z vatanining muhabbati turar» Ajdodlarimiz bu fikrlarni she'riy yo'l bilan ham ifoda etganlar. Atoqli shoir va ma'rifatparvar Sidqiy Xondayliqiyning mana bu satrlariga e'tibor bering: Vatan nadir? Tuqqan yerim, turg'on yerim, O'sib-unib, o'ynab-kulib yurg'on yerim Jonim - Vatan, tanim - Vatan, ko'zim- Vatan, Esdan chiqar oni ko'rgoch, ko'rgon yerim. Sidqiy Xondayliqiy Mazkur iboralarning barchasida Vatanning yagonaligi, unga jonni fido qilish kerakligi aytilmoqda. Yana shunday o'xshash iboralarni topishga harakat qiling. Vatan so'zining ma'nosi bugungi kunda juda keng. Hozirgi vaqtda vatan deganda faqat tug'ilgan makonni emas, avvalo o'zimiz yashayotgan, uning fuqarosi bo'lgan mamlakatni tushunamiz. Inson tug'ilgan, voyaga yetgan xonadon, mahalla, qishloq va shahar esa Vatan ichidagi kichik vatandir. «Mahalla» qadimiy so'z bo'lib, joy, odamlar jamoa bo'lib yashaydigan maskan degan ma'nolarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.56 MB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.56 MB
Ko'rishlar soni 237 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga