5-sinf Vatan tuyg'usi Vatanga muhabbat

5-sinf Vatan tuyg'usi Vatanga muhabbat

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Vatan tuyg'usi Vatanga muhabbat - rasmi

Material tavsifi

Name of presentation Vatanga muhabbat 5-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 5-mavzu Inson qalbidagi orzularning eng ulug'i - ota-onaga, el-yurtga beminnat xizmat qilish, ularning oldidagi farzandlik burchini sidqidildan ado etishdan iborat. Unga erishish uchun bolalikdan boshlab oldimizga aniq maqsad qo'yib, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallash, jismoniy va ma'naviy jihatdan kuchli bo'lishimiz lozim. Shiroq kabi qo'rqmas va botir o'g'lonlar dunyodagi barcha xalqlarda bo'lgan. Chunki, har qanday xalqning tinch va osuda hayoti, baxt-u saodati uning mard va bahodir farzandlariga bog'liq. Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlarining Rustami doston, Suhrob, Siyovush, Farhod kabi alp pahlavonlari timsolida ana shunday fazilatlar ulug'lanadi. Rustami doston Xalqimizning «Uch-og'ayni botirlar», «Semurg' va Bunyod», «Tohir va Zuhra» kabi ertaklari, «Alpomish», «Go'ro'g'li» singari dostonlarida mardlik va ezgulik kuylanadi. «Xalqimizning yengilmas bahodiri - Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon ko'zlardan, balo-qa'zolardan asrashga qodir, kerak bo'lsa, bu yo'lda jonini ham fido qilishga tayyor azamat o'glonlarimiz - bugungi alpomishlarning ma'naviy qiyofasini ko'ramiz» Yuqoridagi fikr va misollar sizlar kabi sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish chuqur tarixiy va ma'- naviy asosga ega ekanini ko'rsatadi. Yurtimizda har bir yigit xalqi va Vatani oldidagi muqaddas burchi bo'lgan harbiy xizmatga kirishar ekan, askar libosini kiyib, tantanali qasamyod qabul qiladi. Siz Toshkent shahridagi «Vatanga qasamyod» haykalini televizor orqali ko'rgansiz. Vatan himoyachilari sharafiga barpo etilgan bu obidada ana shu marosim badiiy aks ettirilgan. O'zbekiston Qahramoni, atoqli shoirimiz Abdulla Oripovning «Men nechun sevaman O'zbekistonni?» degan she'ri san'atkorlarimiz ijrosida qo'shiq qilib aytilishini yaxshi bilasiz. Abdulla Oripov Qahramonlik, mardlik, fidoiylik bugungi kunda ham eng buyuk fazilatdir. Prezidentimizning quyidagi so'zlari ayni shu haqiqatni anglashga da'vat ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 261 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga