Name of presentation Vatanimiz timsollari 5-sinf Vatan tuyg'usi fani darsligi asosida 10-mavzu Insonlar dunyodagi narsa-hodisalarni, ularning xususiyat va belgilarini aniq ifodalash, yaxlit tasavvur etish uchun turli timsollardan foydalanadi. Dunyodagi eng ulug' va aziz qadriyat bo'lgani uchun Vatanning ham timsoli ko'p. Vatanning timsollari rasmiy va norasmiy, tarixiy yoki zamonaviy bo'lishi mumkin. Istiqlol timsoli Mamlakatimizning davlat ramzlari - bayrog'imiz, gerbimiz va madhiyamiz rasmiy timsollar hisoblanadi. Shuningdek, Prezident, parlament, hukumat, Konstitutsiyamiz, davlat tili, poytaxtimiz, milliy valyutamiz ham davlatchiligimizning eng muhim belgilari, timsollaridir. Vatanning muqaddas timsollari xalqni birlashtirib, uni yagona maqsad sari safarbar etib yashashga, har qanday sharoitda ham o'z yurti manfaatlari uchun kurashishga da'vat etadi. O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i 1991-yil 18 - noyabrda qabul qilingan. Bayroqdagi moviy rang tiriklik, hayot ifodasi bo'lgan mangu osmon va obi-hayot ramzidir. Oq rang tinchlik ramzi, xalqimizning oliyjanob va ezgu intilishlari mujassamidir. Yashil rang esa tabiatning yangilanish ramzi. O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992-yil 2- iyulda qabul qilingan. Gerbning chap tomonida bug'doy boshoqlari, o'ng tomonida esa ochilib turgan g'o'za shoxlari bayrog'imiz tasviri tushirilgan tasma bilan o'ralgan. O'zbekiston madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan bo'lib, uning matnini O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov, musiqasini esa kompozitor Mutavakkil Burhonov yaratgan. O'zbekiston fuqarosi bo'lgan har bir inson davlatimiz madhiyasini yoddan bilishi va uning ma'nosini chuqur tushunib, kuylay olishi kerak. Vatanimizning tarixiy timsollari deganda, qadimiy shaharlarimiz va asrlar davomida ularning ramzi bo'lib kelayotgan obidalarni ko'z oldimizga keltiramiz. Zamonaviy timsollar esa bugungi davrning ruhini, xalqimizning hozirgi kundagi orzu-intilishlarini aks ettiradi. Masalan, ko'hna Buxoro markazidagi Minorai Kalon yodgorligi ko'p yillar davomida shaharning o'ziga xos timsoli bo'lib kelgan. Buyuk ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 13:24:20
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.58 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 13:24 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.58 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:38 ]
Arxiv ichida: pptx