5-sinf Botanika Barglarning suv bug'latishi

5-sinf Botanika Barglarning suv bug'latishi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Botanika Barglarning suv bug'latishi - rasmi

Material tavsifi

29-§. BARGLARNING SUV BUG'LATISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'simliklar hayotidagi muhim jarayonlardan yana biri suv bug'latishdir. Suv bug'lanishi tufayli ildiz orqali suv va mineral tuzlarning so'rilishi tezlashadi. Bu moddalar poya bo'ylab harakat qiladi. Suv bug'latish o'simlik organlarini qizib ketishdan saqlaydi. Buni tajribada oson tekshirib ko'rish mumkin. Masalan, gultuvakda o'sib turgan o'simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, og'zi paxta bilan berkitilsa, oradan bir necha soat o'tgach kolba devorida suv tomchilari hosil bo'lganini ko'rish mumkin. Bu o'simliklar bargidan bug' shaklida ajralgan suvdir. Suv barglardagi og'izchalar orqali bug'lanib chiqadi. Bir tup o'simlikdagi barglar qancha suv bug'latishini hisoblab chiqish mumkin. Buning uchun o'sim likning bargli novdachasi suvli shisha idishga solinadi va suv bug'lanib ketmasligi uchun uning yuziga ozroq moy tomiziladi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchi pallasiga qadoqtosh qo'yib, pallalar muvozanatga keltiriladi. Barglar suvni bug'latganligi uchun shisha idishdagi suv kamayadi. Natijada, shisha idishli tarozi pallasi asta-sekin ko'tariladi. Oradan bir sutka o'tgandan keyin tarozi pallalari qadoqtoshlar yordamida yana muvozanatga keltiriladi va bir sutkada qancha suv bug' langanligi aniqlanadi. O'simliklar turiga va qayerda o'sishiga qarab tuproqdan oladigan suvni turli darajada bug'latadi. Issiq va quruq sharoitda o'sadigan o'simliklar suvni nisbatan kam bug'latadi. Chunki ayrim cho'l o'simliklarining barglari juda maydalashib ketgan (saksovulda) yoki shaklini o'zgartirib, tikanga (kaktuslarda) aylangan Boshqa bir tur o'simliklar esa tuklar bilan qalin qoplanganligi uchun suvni kam bug'latadi. Ayrim cho'l o'simliklari (shuvoq, qora boyalich va boshqalar) suv kam bug'lanishi uchun yoz oylarida barglarini to'kib yuboradi. Olimlarning aniqlashicha, bir tup g'o'za yoz davomida o'z vaznidan 500-600 hissa ko'p suv bug'latadi. Bir tup mak kajo'xori yoz ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.02 MB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:35 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.02 MB
Ko'rishlar soni 259 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga