5-sinf Botanika Barglarning tashqi tuzilishi

5-sinf Botanika Barglarning tashqi tuzilishi

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Botanika Barglarning tashqi tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

23-§. BARGLARNING TASHQI TUZILISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Barg, asosan ikki qismdan: barg yaprog'i va barg bandidan tashkil topgan. Ayrim o'simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar ham bo'ladi. Ba'zi o'simliklarning bargi bandsiz bo'ladi. Bunday barglar bandsizbarg deyiladi. Barglar poyaga yoki novdaga, odatda, barg bandi bilan birikadi. Bandsiz barglar poyaga yap rog'ining pastki (ostki) qismi bilan birikadi. Bandli barglar ta biatda ko'p tarqalgan. Masalan, olma, o'rik, nok, terak, yong'oq, anjir, tok, bodring, qovun kabi mevali va poliz ekinlari, manzarali o'simliklarning bargi bandli; lola, shirach, guls afsar, bug'doy, makkajo'xori, arpa, sholi kabi o'simliklarning bargi bandsiz bo'ladi. Ko'pchilik o'simliklarning bargi va bargchalari aniq ko'rinib turadigan va ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan tomirli bo'ladi Odatda, ular bargning orqa tomonida yaxshi ko'rinadi. Tomirlar barg. bandidan bargga o'tib shoxlanadi. Shu tomirlar tufayli barg mustahkam bo'ladi. O'simliklar turiga qarab, tomirlar turlicha shoxlanadi. Ular o'simliklarni bir-biridan farq qilishda muhim rol o'ynaydi. Masalan, ikki urug'pallali o'simliklar bilan bir urug'pallali o'simliklarni bir-biridan farq qilishda, asosan, ularning tomiriga e'tib or beriladi. Ikki urug'pallali o'simliklarning bargi, odatda patsimon va panjasimon Bir urug'pallali o'simliklardan bug'doy, arpa, makka jo'xori, oq jo'xori, g'umay va boshqalar bargining tomiri barglar (to'rsimon) tomirlangan. Ularni, ayniqsa, terak, chinor, olma, o'rik, nok, tut, g'o'za kabi o'simliklar bargida yaxshi ko'rish mumkin. Bir chetiga parallel yoki yoysimon joylashgan. Bunday tomirlanish parallel yoki yoysimontomirlanish deb ataladi. Poyadan kelayotgan suv va unda erigan oziq moddalar tomirlar bo'ylab barglarga keladi va barglarda hosil bo'lgan foto sintez natijasida hosil bo'lgan organik moddalar poyaga o'tadi va bunda suvni bug'latadi. O'simliklar bargi orqali nafas oladi fotosintez jarayonida organik moddalar hosil bo'ladi. Savol va topshiriqlar Barg qanday qismlardan tashkil topgan? Qanday barglar bandsiz barg deyiladi? Bandsiz bargli o'simliklarga misol keltiring. Panjasimon tomirlangan barglarni tushuntiring va ularga misol keltiring. Qaysi o'simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo'ladi? O'simliklarning turlarini farq qilishda barg tomirlari qanday rol o'ynaydi? Misol keltiring. Barglarning tashqi tuzilishini o'rganish Xona o'simliklari yoki gerbariydagi barglarning tashqi tuzilishini ko'rib chiqing. Bandli va bandsiz barglarni aniqlang. Barglarning tomirlanishini kuzating. Barg tomirlari-ning ahamiyatini daftaringizga yozib oling. Parallel, yoysimon, patsimon va panjasimon tomirlangan o'simliklarga bir necha misol keltirib, daftaringizga yozib oling. 15-§. BARGLARNING TASHQI TUZILISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Barg - novdaning yon vegetativ organi. Barg quyida-gi funksiyalarni amalga oshiradi: fotosintez, suv bug'latish - transpiratsiya, gaz almashinuvi va vegetativ ko'payish-ga xizmat qiladi Ko'pchilik o'simliklarning bargi va bargchalari aniq ko'rinib turadigan va ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan tomirli bo'ladi Odatda, ular bargning orqa tomonida yaxshi ko'rinadi. Tomirlar barg. bandidan bargga o'tib shoxlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.02 MB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.02 MB
Ko'rishlar soni 187 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga