5-sinf Botanika Gulli o'simliklar bilan umumiy tanishish

5-sinf Botanika Gulli o'simliklar bilan umumiy tanishish

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Botanika Gulli o'simliklar bilan umumiy tanishish - rasmi

Material tavsifi

1- §. GULLI O'SIMLIKLAR BILAN UMUMIY TANISHISH 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Gullari turlicha shakl va rangli gulqo'rg'onga (gulkosa, gultoj) hamda uning ichida joylashgan changchi va urug'chiga ega bo'lgan, urug' langandan so'ng meva hosil qiladigan o'simliklar gulli o'simliklar deyiladi. Yer yuzidagi gulli o'simliklar 533 oila, 1300 turkum va 250 mingdan ortiq turni o'z ichiga olishi aniqlangan. Bu o'simliklarning har biri o'ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. O'simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iqlim sharoitiga, tuproqqa va namlikka moslashib shakllangan. Ularning organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari, xususan, hayotiy shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shoxshabb asi, umrb oqiyligi, ayrim mayda jonzotlar bilan oziqlanishi, kelgusi naslni o'z bag'rida voyaga yetkazib, mustaqil hayotga yo'llanma berishi kabi irsiy belgilari bilan necha asr lardan beri odamlarni o'ziga jalb etib kelmoqda Har bir o'simlik turining o'ziga xos ajoyib xossalari bor. O'simliklarning xilma-xil ligini aks ettiruvchi misollar juda ko'p. Bularga Seyshel orolidagi o'n yillar mo baynida pishib yetiladigan, og'irligi 25 kg ga yetadigan seyshel palmasiyong'oqlari, tanasida 200 l gacha suv saqlaydigan Meksika kaktuslari, Kanar orollarida 600 yilgacha umr ko'radigan ajdar daraxtlari, Sumatra orolidagi diametri 1 m ga yetadigan rafleziya kabi ulkan gullar misol bo'ladi. Bunday ajoyibotlar o'lkamizdagi o'simliklar orasida ham ko'plab topiladi. Masalan, jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o'sadigan, barglari arang ko'rinadigan saksovul va qandim, poyasi suv tagida bo'lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilufar, hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko'rki bo'lgan qizil lola, ko'zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar (xolmon), noyob mevali o'simliklardan pista, bodom, safsanlar, tabobatda ko'p ishlatiladigan chakanda, isiriq, na'matak,suvqalampir va boshqalar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.01 MB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:35 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.01 MB
Ko'rishlar soni 232 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga