11-§. ILDIZNING O'SISHI VA NAFAS OLISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'simliklarning yerosti qismi, ya'ni ildizi yerusti qismiga qaraganda tez o'sadi. O'simliklar turiga va o'sish sharoitiga qarab, ildizlar turlicha tezlikda o'sadi. Masalan, g'o'za nihollarining ildizi bir kecha-kunduzda 2-3 sm o'sadi. Bunda o'sish ildiz uchidagi hujayralarning bo'linishi hisobiga sodir bo'ladi. Agar ildizning uchi chilpib tashlansa, u bo'yiga o'sishdan to'xtab, asosiy kuch yon ildizlarga beriladi. Uchi chilpib tashlangan ildizlarda yon ildizlar tuproqning oziq moddalarga boy yuqorigi qatlamiga taralib, baquvvat bo'lib o'sadi. Dehqonlar pomidor, karam, bulg'or qalampiri kabi o'simliklardan mo'l hosil olishda o'simliklarning ana shu xossasidan foydalanadilar. O'simliklarni urug'dan o'stirib, keyin boshqa joyga ko'chirib o'tqazishning boisi ham shunda. Ildiz qinchasi - ildiz qinchasi uning ana shu o'suvchi qismidagi yosh, nozik huj ayralarni tashqi ta'sirdan saqlaydi. Ildiz qinchasi bir necha qavat hujayradan tashkil topgan. Uning ustki qatlamidagi hujayralar tuproq zarrachalariga to'qnashib nobud bo'ladi va hujayralarning bo'linishi hisobiga yangi hujayralar hosil bo'ladi. Yantoq bor joyda suv bor deyishadi. Haqiqatan ham, uning ildizi yerga 30 m gacha chuqur kirib boradi va yerosti suv laridan foydalanadi. Demak, ildizlar bo'linish qismidagi hujayralarning bo'linib ko'payishi hisobiga bo'yiga o'sadi. O'simliklarning boshqa organlari singari ildizi ham nafas oladi. Tuproq dagi havo tirik hujayralar ga kirib boradi. O'simliklar ildizi yetar li darajada havo olishi uchun urug' yumshoq yerga ekiladi. Hosil yetilguncha yer bir necha marta yums hatiladi. G'o'zani, sabzavot va poliz ekinlarini chopiq qilish ning boisi ham shunda. Qatqaloqda va tuproqda havo kam bo'ladi. Shuning uchun bar cha daraxt va butalarning tagini vaqti-vaqti bilan yumshatib tur ish tavsiya etiladi. Bahorgi yomg'irlardan va ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:06:33
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:35
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:06 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.85 MB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: ppt