5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. 12-§. ILDIZNING TUPROQDAN SUV VA MINERAL MODDALARNI SHIMISHI O'simliklar ildizining muhim vazifasi tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib olib, yerusti qismiga uzatishdan iborat Quyida suv va unda erigan oziq moddalarni ildizdan barggacha ko'tarilishi bilan tanishamiz. Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalar dastlab ildiz tukchalariga, so'ngra ular bilan yonma-yon joylashgan po'stloq hujayralariga o'tadi. Hujayradan hujayraga so'rilgan suv va unda erigan oziq moddalar ildizning o'tkazuvchi qismiga yetib boradi va u yerdan o'simlikning yer us ti qismiga ko'tariladi. Boshqa tirik organizmlar kabi, o'simliklar ham suv bilan tirik. Ularda boradigan ko'pgina biologik jarayonlar suv tufayli amalga oshadi. Eng muhimi, suvda o'simliklar uchun zarur bo'lgan oziq moddalar erigan holda bo'ladi. Suv orqali ular hujayr a, to'qimalarga va o'siml ikl arning boshqa organlariga o'tadi. Suv yetarli bo'lganda o'sim liklar hujayrasi tarang holatda bo'la di. Aks holda, o'simliklar so' lib qoladi. So' ligan o'sim lik larga suv quyil ganda, ular qanday qilib tik lanishi sizga ma'lum. Tuproqdagi suv ildiz tukchalariga, ulardan esa po'stloq hujayralariga qanday o'tadi? Bu savolga juda ko'p misollar bilan javob berish mumkin. Kuzatgan bo'lsangiz, ayniqsa bahorda o'simliklarning poyasi yoki shoxi kesilsa, ulardan suv tomchilari sizib chiqadi. Siz buni shira harakati boshlangan vaqtda kesilgan tok, terak, tol novdalarida ko'p ko'rgansiz. Yoki yantoq ildiz bo'g'zidan kesib tashlansa, undan suv tom chilari yumalab tushishining guvohi bo'lasiz. Bu suyuqlik o'z-o'zi dan chiqmay, balki ildiz bosimi kuchi ta'sirida harakatga keladi. Bu kuch suvni va unda erigan oziq moddalarni bir hujayradan ikkinchisiga o'tishida pastdan yuqoriga ko'tarilishga majbur etadi. Qish kirishi bilan ko'p yillik o'simliklarning ild iz tukchalari o'z faoliyatini to'xtatadi. Bahor kelib, kunlar isishi bilan ildiz tukchalari yana faollashadi. Yoz oylarida O'zbekiston sharoitida yog'ingarchilik deyarli bo'lmay, harorat ko'tarilib, o'simliklarning suvga ehtiyoji ortadi. Shuning uchun deyarli hamma madaniy o'simliklar sug'orib o'stiriladi. Lekin ekinlarni sug'orishda suvning ortiqcha isrof bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Shunday qilib, o'simliklar ildizning bosim kuchi ta'sirida ildiz tukchalari orqali yerdan suv va unda erigan moddalarni tuproqdan shimib oladi. Savol va topshiriqlar O'simlik ildizining eng muhim vazifasi nimadan iborat? Tuproqdagi suv va unda erigan moddalar o'simlikka qanday qilib o'tadi? Ildiz bosimining roli nimadan iborat? Bahorda kesilgan daraxtlar tanasidan nega suyuqlik (shira) oqadi? ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:06:33
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:14
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:06 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:14 ]
Arxiv ichida: ppt