3- §. KUZ FASLIDA O'SIMLIKLAR HAYOTIDA RO'Y BERADIGAN O'ZGARISHLAR 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Kuz ko'p o'simliklar hosili pishib yetiladigan fasl. Olimlarning hisobiga ko'ra, kuzgi kun bilan tunning tengligi sentabr oyining 23-kuniga to'g'ri keladi. Kuz kelishi bilan kun lar asta-sekin soviy boshlaydi. Kunlar qisqarib, tunlar uzaya boradi. Kuz o'simliklarning qishga tayyorlanish davri hisoblanadi. Kuz kelganini hamma o'simliklarga qarab ham bilib bo'lmaydi, chunki ba'zi gulli o'simliklar kuz oylarida ham gullayveradi. Kuzda juda ko'p yovvoyi va madaniy o'simliklarning mevasi pishib yetiladi. Lekin bular orasida ituzumga o'xshab mevasining asosiy qismi pishib, uchki qismidagi gullari ochilib turadigan yoki g'o'zaga o'xshab pastki shoxlaridagi ko'saklari yetilib, uchki shoxlaridagi gullari ochilib tur adigan o'simliklar ham ko'p uchraydi. Kuzda o'simliklarda sodir bo'ladigan muhim biologik o'zgarishlardan biri xazon rezgilikdir. Ba'zi o'simliklarda xazonrezgilik sovuq tushmasd an oldin boshlanadi. Ayrim daraxt va butalarning barglari kuz kelishi bilan, ayrimlariniki esa birinchi sovuqdan keyin to'kila boshlaydi. Masalan, jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt va aylantning barglari ancha barvaqt to'qiladi. Xalqimiz bu faslni «oltin kuz» deb ataydi. Buning boisi shundaki, birinchidan, bu davrda juda ko'p mevalar g'arq pishadi. Ikkinchidan, ko'pchilik daraxt va butalarning bargi qizg'ish, sarg'ish, qo'ng'ir rangga kirib, tabiatga ajoyib manzara bahsh etadi. Bir qator o'simliklar (nastarin, atirgul, ligustrum)ning bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi. Hatto, qishda ham shamshod va ligustrum kabi o'simliklarning bargi to'kilmay turaveradi. . Kuzda ko'pgina daraxt va butalarning yashil barglari rangi to'qilish oldidan o'zgaradi. Shu munosabat bilan o'simliklarning barglari nima uchun rangini o'zgartiradi? Bunda o'simlik hujayralarida qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi, degan savol tug'iladi. Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:06:33
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.85 MB
Ko'rishlar soni
245 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:35
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:06 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.85 MB
Ko'rishlar soni
245 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: ppt