5-sinf Botanika O'simlik to'qimalari

5-sinf Botanika O'simlik to'qimalari

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Botanika O'simlik to'qimalari - rasmi

Material tavsifi

8- §. O'SIMLIK TO'QIMALARI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'tgan darslarda Siz xilma-xil hujayralar bilan batafsil tanishdingiz. Bular orasida chiqib kelishi, shakli o'xshash, muayyan bir vazifani (funksiyani) bajaradigan hujayralar ham bor. Bunday hujayralar to'plami to'qima deyilishini bilib oldingiz. To'qima o'simlik organining asosini tashkil etadi. O'simliklarda bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi qismi organ deyiladi. O'simlik to'qimasi haqidagi dastlabki ma'lumot XVII asrda Malpigi va Gryu asarlarida bayon etilgan. O'simlik hujayralari bir xil bo'lsa oddiy to'qimali, har xil hujayralardan tashkil topgan bo'lsa, murakkab to'qimali o'simlik deyiladi. 1682-yili ingliz tabiatshunosi N. Gryu to'qima tushunchasini fanga olib kirdi. To'qimalar joylashishi va bajaradigan vazifasiga ko'ra xilma-xil bo'ladi Marchello Malpigi Neyemiya Gryu Qator morfo-biologik belgi va xususiyatlariga qarab o'simliklarda quyidagi to'qimalar bo'ladi: hosil qiluvchi to'qima, qoplovchi to'qima, asosiy to'qima, ajratuvchi to'qima, o'tkazuvchi to'qima. Ba'zan bularga yana boshqa to'qimalarni ham qo'shib o'rganiladi, masalan, assimilyatsiyalovchi to'qima, g'amlovchi to' qima, mexanik to'qima va boshqalar. Hosil qiluvchi to'qima (meristema). Bu to'qima o'simlik hayoti bilan uzviy bog'liq. O'simlik hujayrasi shu to'qima yordamida bo'linib ko'payadi va yangi to'qima hamda organlar hosil bo'ladi. Natijada o'simlik o'sishda davom etadi. Hayvonlarda bu to'qima bo'lmaydi. Meristema to'qimasi o'simlikning turli qismlarida joylashadi. Bu to'qima hujayralari yupqa va egiluvchan bo'ladi. Ular o'simlikning eniga va bo'yiga o'sishiga yordam beradi. Asosiy to'qima. Bu to'qimaning eng muhim vazifasi fotosintez jarayonini, ya'ni o'simliklarda moddalar almashinuvini amalga oshirishdan iborat. Uning tarkibiga assimilyatsiyalovchi, suv saqlovchi va g'amlovchi to'qimalar kiradi. Mazkur to'qima yadro va bir qavat xlorofill donachalaridan iborat. Shuning uchun ham bu to'qimalar xlorofi lli parenxima yoki xlorenximalar deb ham yuritiladi. Xlorenxima yunoncha xloros ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.59 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.59 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga