24-§. ODDIY VA MURAKKAB BARGLAR. BARGLARNING SHAKLLARI. 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'simliklarning barglari tuzilishiga ko'ra oddiy va murakkab bo'ladi. Barg bandida bitta barg joylashsa, bunday barg oddiy barg deyiladi. Bul arga olma, nok, o'rik, shaft oli, tut, tok, g'o'za, terak, rovoch, yantoq kabilarning bargi kiradi. Bitta barg bandida bir nechta barg chalar bandchalari orqali joy lash gan bo'l sa, bun day barglar murakkab barg deyiladi. Murakkab bargli o'simliklarga shirinmiya, beda, soxta kash tan, yong'oq, na'matak, qu lupnay, lo viya, no'xat, yeryon g'oq ka bi lar kiradi. Barglar yaprog'ining shakli ga qarab yumaloq, panjasimon, tuxumsimon, ovalsimon, yurak simon, nashtarsimon, qalami, rombsimon, uchbur chaksi mon va boshqa shakllarda bo'ladi. Barglar yaprog'ining qirrasi (cheti) tekis, tishli, ikki karra tishli, arrasi mon va o'yilgan bo'lishi mumkin. Barglar o'simliklarning turiga qarab tukli va tuksiz bo'ladi. Ko'pchilik o'simliklar bargining orqa tomonida tuki bo'ladi. Oddiy barglar yaprog'ining tuzilishiga ko'ra patsimon, pan jasimon va uch bo'lakli bo'ladi Oddiy barglar Murakkab barglar uch bargchali panjasimon, toq va juft pat simon barglargabo'li nadi. Uchta bargchali murakkab bargga - sebarga, beda, lo viya, mosh; panjasimon barg chaliga esa soxta kashtan barg lari kiradi. Bargchalar umumiy barg band ining oxirigacha qaramaqarshi joylashgan bo'lsa, bunday barglar juft patsimon barg de yiladi (yeryong'oqda). Agar umu miy barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa, bunday barglar toq patsimon barg deyiladi (shirinmiyada). Ba'zan toq bargchalar o'rnida gajaklar ho sil bo'ladi (no'xat va burchoq da). Murakkab barglar, o'z nav ba tida yana bo'laklarga bo'linib, ikki yoki uchkarrabo'lingan patsimonbarglar hosil qiladi. Masalan, totim, shoyi akatsiya va boshqalarda. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:06:33
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:35
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:06 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:35 ]
Arxiv ichida: ppt