12-§. O'G'ITLAR. 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'simliklar yaxshi o'sishi, mo'l hosil berishi va uzoq yil yashashi uchun tuproqqa o'g'it solish kerak. O'g'it tarkibida turli mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar bo'ladi. O'simliklar tuproqdan o'zi uchun kerakli tuzlarni oladi. Agar kerakli mineral tuzlar yetishmasa, ularda ichki va tashqi o'zgarishlar sodir bo'lishi yoki ular qurib qolishi mumkin. O'simliklarning mineral tuzlarga bo'lgan ehtiyojini aniqlashga doir ko'pgina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Natijada, ularda qaysi tuz yetishmasligi sababli, qanday o'zgarishlar sodir bo'lishi aniqlangan. O'g'itlar, asosan, ikki guruhga bo'linadi. Birinchisi, hamm amizga ma'lum bo'lgan organik o'g'itlar, ya'ni go'ng. Ular tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosild orligini oshiradi, o'simliklar uchun zarur bo'lgan moddalarni hosil qiladi. Ikkinchisi - mineral o'g'itlar. Bu o'g'itlar kimyo zavodlarida maxsus tayyorlanadi. O'zbekistonda Navoiy, Chirchiq va boshqa joylarda mineral o'g'itlar ishlab chiqar adigan zavodlar bor. Mineral o'g'itlar har xil bo'ladi. Ular azotli (selitra), fosforli va kaliyli o'g'itlardir. Ular o'simliklarga har xil ta'sir qiladi. Masalan, azotli o'g'it lar o'simliklarning o'si shini tez lashtirsa, fosforli va kaliyli o'g'it lar mo'l hosil to'planishiga va uning tez pishib yetilishiga yord am beradi. Qisqa qilib aytganda, o'g'itlar mo'l hosil garovidir. Lekin o'g'it solishda uning me' yoriga qat'iy rioya qilish zarur. Agar tuproqqa mineral o'g'itlar me'yoridan ortiqcha solinsa, uning ekologik holati yomonlashadi. Chunonchi, me'yoridan ortiqcha solingan o'g'it tuproqdagi tirik mavjudotlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi va uning tarkibini buzadi. Eng muhimi, ko'p miq dorda mine ral o'g'it solingan yerda yetishtirilgan hosil (qovun, tarvuz, kart oshka va boshqalar) tez buziladi, uni iste'mol qilgan odam zaharlanishi mumkin. Demak, me'yorida ishlatilgan o'g'itlar tuproqning holatini yax shilaydi va o'simliklarning hosildorligini oshiradi. Savol va topshiriqlar Tuproqqa nima uchun o'g'it solinadi? O'g'itlar necha xil bo'ladi? Agar o'simliklarga zarur mineral tuzlar yetishmasa, ularda qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi? Ekinga ortiqcha mineral o'g'it solish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi? Maktab o'quv-tajriba dalasida o'simliklarga organik va mineral o'g'itlar solib, ularning o'simlik hosiliga va atrof-muhitga qanday ta'sir qilishini kuzating. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 15:06:33
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:17
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 15:06 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:17 ]
Arxiv ichida: ppt